Patologik anatomiyasi. Qizilo’ngach o’rta uchdan bir qismining
divertikuli, devorlarining konussimon yoki yumaloq bo’rtib chiqishi bilan
ifodalanib, ular yuqoriga yo’nalgan, traxeya yoki boshqa a’zolar bilan
biriktiruvchi to’qima bitishmalari orqali yopishgan. Bu divertikullarning
diametri 1-2 sm va ahyon-ahyonda undan kattaroq, ular ko’p sonli bo’lishi
mumkin. Divertikul devori qizilo’ngach devoriga o’xshash tuzilgan. Shilliq
pardasi aksari giperemiyalangan, eroziyalari ham bo’lishi ham mumkin. Bunday
divertikulning odatda bo’yni bo’lmaydi va qizilo’ngach bo’shlig’i bilan keng
tutashib turadi, shunga ko’ra ularda ovqat tutilib va turib qolishi kamdan-kam
bo’ladi.
Klinikasi. Bunday divertikullar ko’pincha klinik jihatdan hech qanday
belgilar bilan yuzaga chiqmaydi, yutishning qiyinlashuvi, to’sh orqasidagi
og’riq, qon ketishi kam bo’ladi. Agar bifurkatsion divertikullarning o’lchami
kattalashib ketsa, ular og’ir azoblar keltirib chiqarishi mumkin. Bu xildagi
271
divertikullar tamoman osoyishta kechadi. Ayrim hollardagina yiringlanish va
abstsess hosil bo’lishi kabi asoratlar qayd qilinadi, biroq divertikullarning
atrofidagi ko’p miqdordagi biriktiruvchi to’qimadan iborat bitishmalar
yiringlikning tarqalib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Yiringlikning bronxlar va
bronx-qizilo’ngach fistula (oqma) si hosil bo’lishi, teshilishi (perforatsiya) juda
kamdan-kam kuzatiladi. Yiringlikning qizilo’ngachga yoki aortaga yorilishi
bundan ham kam uchraydi.
Dostları ilə paylaş: |