Qizilo’ngach divertikullari
Qizilo’ngach divertikullari – qizilo’ngach devorining chegaralangan bo’rtib
chiqqan joylaridir. So’nggi vaqtlarda qizilo’ngach divertikullari, ilgari tasavvur
qilinganidek, kam uchraydigan kasallik emasligi aniqlandi. Bu klinik amaliyotga
rentgenologik tadqiqotlarning keng joriy qilinishi, aholining profilaktik
maqsadlarda yalpi rentgenologik tekshiruvlardan o’tkazilishi bilan bog’liq.
Rokitansky, 1840 yildayoq divertikullarni pulsion va traktsion turlarga bo’lgan
edi.
Pulsion divertikullar qizilo’ngach bo’shlig’ida uning qisqarishlari vaqtida
paydo bo’ladigan bosim ta’siri ostida qizilo’ngach devorining bo’rtib chiqishi
natijasida hosil bo’ladi, traktsion divertikullarning paydo bo’lishi esa atrof
to’qimalardagi yallig’lanish jarayoni va qizilo’ngach devorini kasal a’zo
yo’nalishida tortadigan (tractio) chandiqdar hosil bo’lishi bilan bog’liq (o’pka
ildizlari sohasida limfatik tugunlarga tomon yo’nalishda yoki bu tugunlar sildan
zararlanganda yuz beradigan traxeya bifurkatsiyasida).
Ko’pchilik tadqiqotchilar traktsion mexanizm divertikul rivojlanishining
boshidagina kuzatiladi, deb hisoblaydilar. Keyinchalik divertikul kattalashadi va
pulsion mexanizm ta’siri ostida o’z shaklini o’zgartiradi. Bu xildagi divertikullar
pulsion-traktsion divertikul nomini olgan.
267
Qizilo’ngach divertikullarini pulsion, traktsion va aralash (pulsiontraktsion)
turlarga bo’lish bilan birga ularning joylashuvi bo’yicha klassifikatsiyasi ham
qabul qilingan. Shu tariqa halqum-qizilo’ngach yoki Tsenker divertikullari,
epibronxial (bifurkatsion, o’rta qizilo’ngach), epifrenal (epidiafragmal) va
boshqa kam uchraydigan xillari farq qilinadi. Yu.E. Berezov va M.S.
Grigorevning yig’ma statistikasi bo’yicha ko’proq halqum-qizilo’ngach
divertikullari (58,7%), so’ngra epibronxial (27,2%) va epifrenal divertikullar
(13,4%) uchraydi.
Shuningdek tug’ma va orttirilgan, haqiqiy va soxta divertikullar farq
qilinadi. Tug’ma divertikullar kamdan-kam uchraydi. Ko’pchilik hollarda ular
orttirilgan bo’ladi. Devori normal qizilo’ngach devorining xamma qatlamlarini
saqlagan divertikullar «haqiqiy», devori mushak qatlamidan mahrum bo’lgan
divertikullar «soxta» degan nom olgan. Soxta divertikullar prognostik jihatdan
yomonroq, chunki qisilib qolishi, cho’zilishi va hatto teshilishi mumkin.
Qizilo’ngach divertikullari aksariyat 5 dan 70 yoshgacha, ayollarda erkaklarga
nisbatan birmuncha ko’proq uchraydi.
Halqum-qizilo’ngach divertikullari ko’pincha ularni batafsil tasvirlagan
Zencer nomi bilan Tsenker divertikullari deyiladi. Halqum-qizilo’ngach
divertikullari aslini olganda halqum distal bo’limining divertikullari hisoblanadi,
biroq, ularning paydo bo’lishi ko’pincha qizilo’ngach funktsiyasining buzilishi
bilan o’tadi, shuning uchun qizilo’ngach patologiyasini bayon qilishda ushbu
kasallik ustida to’xtalib o’tish o’z-o’zidan joiz hisoblanadi.
268
62-rasm. Halqum-qizilo’ngach va Tsenker divertikuli.
Tsenker divertikuli paydo bo’lishida, aftidan, mexanik omil – ovqat
luqmasining halqum devorining kuchsiz joyini ko’p bosib turish, ehtimol,
halqum mushaklari va qizilo’ngachga kirish qismidagi mushaklar qisqarishining
uyg’unligi buzilishi asosiy ahamiyat kasb etsa kerak. Ayrim mualliflar halqum,
halqum-qizilo’ngach
divertikullari
rivojlanishida
embriologik
shart-
sharoitlarning ahamiyatiga ishora qilib, embrionda halqum devoridagi shu
xildagi bo’rtmalarni qayd qiladilar.
Patologik anatomiyasi. Divertikul asta-sekin bir necha yillar ichida
rivojlanadi. Halqum quyi bo’limi orqa devorida hosil bo’lgan divertikul
qizilo’ngachning orqa devori va umurtqa pog’onasi orasida pastga tushadi.
Divertikul teshigi odatda enlik va halqumning to’g’ridan-to’g’ri davomi
hisoblanadi va qizilo’ngach kirish qismi oldinga, hiqildoqqa siljigan. Divertikul
katta-kichikligi har xil – kichkina botiqlikdan to nok kattaligigacha bo’ladi. U
ovqat bilan to’lganda qizilo’ngachni oldinga qisib qo’yadi va yutishni juda
qiyinlashtiradi. Divertikul qopchasida mushak tolalari bo’lmaydi va odatda
atrofdagi to’qimalar bilan yopishib ketmagan bo’ladi. Divertikulning ichki
yuzasi halqum shilliq pardasi bilan qoplangan. Ba’zan yuzasida eroziyalari bilan
donador yoki yassi chandiqlari bo’ladi.
269
Klinik manzarasi. Kichik divertikul bir necha yilgacha yuzaga chiqmasligi
yoki halqumda achishish, qirilish sezgisi, yo’tal, halqumda yot jism bordek his
qilish, yutinish buzilishi, ko’p so’lak oqishi, og’izdan badbo’y hid kelishi,
ko’ngil aynishi kabi simptomlarni paydo qilishi mumkin. Ko’ngil aynish belgisi
ba’zan me’da kasalligi to’g’risida o’ylashga majbur etadi. Divertikul qopchasi
kattalashuvi bilan bir vaqtda yutishning buzilishi paydo bo’ladi. Bemorga
hiqildoq orqasida ovqat to’xtab qolayotgandek tuyuladi, agar qopcha katta
bo’lsa, qizilo’ngachning yuqori qismida to’xtab qolayotgandek bo’ladi. Ovqat
luqmasi to’xtashi Bensaude va Gregorie «Blokada fenomeni» deb tasvirlagan
qator simptomlar bilan o’tadi: bemor yutish harakatlari qiladi, shundan keyin
yuzi qizarib, nafasi qisa boshlaydi, qayt qilganidan keyin engil tortadi. Agar qayt
qilmasa, boshi aylanadi, qisman hushdan ketish holati yuzaga keladi.
Regurgitatsiya yoki qayt qilish har kuni bo’lsada, ovqat divertikulda
kamdan-kam bir necha kun turib qoladi. Divertikul suyuqligining
regurgitatsiyasi va uning nafas yo’llariga tushishi aspiratsion zotiljam
kasalliklariga sabab bo’ladi. Boshqa simptomlardan qaytuvchi nerv bosilishi
oqibatida paydo bo’ladigan tovush bug’ilishi, traxeyaning bosilishi sababli nafas
olish qiyinlashuvini ko’rsatib o’tish mumkin.
Umumiy holat bir necha yilgacha unchalik o’zgarmay qoladi. Qator
hollarda bemor ozib ketadi. Ko’zdan kechirilganda ko’pincha bo’yinda bo’rtib
chiqqan joy ko’rinadi (bosh orqaga tashlanganda). Ba’zan u buqoqni eslatadi.
Bo’rtma yumshoq konsistentsiyali bo’lib, bosilganda kichiklashadi. Bemorga
suv ichirib bo’rtib chiqqan joy urib ko’rilganda chayqalish shovqinini eshitish
mumkin (Kuper belgisi). Rentgenologik tekshirishda kontrast modda
divertikulni to’ldiradi, so’ngra esa qizilo’ngachga o’tadi. To’lgan divertikul
qizilo’ngachning orqa yoki yon tomonidan ko’rinib turadi.
Dostları ilə paylaş: |