Davolash va profilaktikasi. Shoshilinch muolaja: tezlik bilan kasalxonaga
yotqizish, morfin in’ektsiyasi va suyuqlik kiritish hamda me’dani yuvish uchun
ko’p qilib moy surtilgan me’da zondi kiritishdan iborat. Ishqorlar bilan
zaharlanishda suyultirilgan sirka kislota eritmasi yoki o’simlik moyi bilan,
kislotalardan zaharlanishda soda eritmasi bilan yuviladi. Shubhali hollarda
me’da sut yoki bufer eritmalari bilan yuviladi. Zond kiritishdan avval kimyoviy
modda tabiatiga ko’ra soda, sirka kislota yoki sutni ko’p miqdorda ichish
buyuriladi. Neytrallaydigan modda kiritish zaharlanishdan keyin dastlabki 4 soat
ichidagina maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.
264
Dastlabki kunlari hiqildoq shishishi, shok, aspiratsion zotiljam,
periezofagit, mediastinit, buyrak zararlanishi, atsidoz sababli degidratatsiya yoki
koma singari asoratlar davolanadi.
Profilaktika maqsadida antibiotiklar (penitsillin, streptomitsin, neomitsin)
parenteral yuboriladi. Agar bemor 3 kun ichida suyuqlik icha olmasa,
gastrostomiya qilish buyuriladi. Og’ir disfagiyada sutkasiga 2-3 l glyukoza
eritmasi yoki 0,85%li NaCl eritmasi tayinlanadi. Sog’ayish davrida 1-2 xafta
o’tgach rentgenologik tekshiruv o’tkazish qizilo’ngachning boshlanib
kelayotgan torayishini aniqlashga imkon beradi.
Kimyoviy kuyishdan keyin qizilo’ngach strikturasini davolashning asosiy
usuli bujlash hisoblanadi, bu usul 90-95 foiz bemorlarning sog’ayib ketishiga
olib keladi. Kuyishning 9-11-kunidan boshlab bujlashga turi bo’yicha, kechikib
bujlash qizilo’ngachning rivojlanib bo’lgan torayishini kengaytirish maqsadida
o’tkaziladi. Bujlash 7-haftadan boshlanadi. Bujlashni qizilo’ngachning
kuyishdan keyin strikturalari qolgan hamma bemorlarda toraygan joy orqali
metall o’tkazgich kiritish mumkin bo’lgan hollarda o’tkaziladi.
Bujlashga monelik qiladigan hollar: mediastinit, qizilo’ngach-bronxial
oqma yarasi. Barqaror klinik natija olish uchun bujlash bilan davolashni bir
necha haftalar va xatto oylar mobaynida o’tkazish zarur bo’ladi va quyidagilar
qo’llaniladi: 1) og’iz orqali «ko’rmasdan» bujlash; 2) qizilo’ngachni rentgen
kontrast kovak plastmassa bujlar bilan bujlash; 3) ezofagoskop nazorati ostida
bujlash; 4) «to’xtovsiz bujlash» tamoyili bo’yicha bujlash; 5) retrograd bujlash.
Og’iz orqali «ko’rmasdan» bujlash qizilo’ngachning yuqori va o’rta
ko’krak bo’limlaridagi uncha katta bo’lmagan barmoqsimon strikturalarida
qilinishi lozim. Davolash maxsus bujlar yig’indisi yordamida o’tkaziladi. Agar
buj oson o’tsa, keyingi gal raqamiga qarab yo’g’onroq buj kiritiladi.
Bujlash usuli metall o’tkazgichlar va rentgenkontrast kovak bujlar
qo’llanilganda takomillashtirilgan. U striktura yo’lini va bujning qizilo’ngach
bo’yicha surilishini aniqlash uchun rentgenologik nazorat qilish imkonini beradi,
bu hol muolaja samaradorligini oshiradi va qizilo’ngachning teshilish xavfini
265
kamaytiradi. Ezofagoskop nazorati ostida bujlash o’tkazgichni kiritish
qiyinlashgan ekstsentrik joylashgan strikturada, buralgan torayish kanalida,
ro’y-rost suprastenotik kengayishda bajarilishi kerak.
«To’xtovsiz bujlash» naysimon, buralma yoki ko’p sonli strikturalari bor
bemorlarda gastrostoma orqali qo’llaniladi. Og’iz orqali kiritilgan va
gastrostoma orqali kiritilgan ipak ipga turli xil diametrdagi rezina naychalar
mahkamlanadi. Ularni to’g’rilab, toraygan qism orqali o’tkaziladi va bir necha
soatcha qoldiriladi. Gastrostoma orqali retrograd bujlash xavfsizroq hisoblanadi
va bemorlar ularni osonroq, ko’taradilar.
Ayrim bemorlarda ezofagit hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin.
Qizilo’ngach teshilishi va mediastini rivojlanishi bujlashning xavfli asorati
hisoblanadi.
Qizilo’ngachning chandiqli strikturalarida operatsiyaga ko’rsatmalar:
1) qizilo’ngach bo’shlig’ining to’liq, obliteratsiyasi (berkilib qolishi); 2)
striktura orqali buj o’tkazishga bir necha marta muvaffaqiyatsiz urinishlar; 3)
takroriy bujlashdan keyin chandiqli strikturalarning tez qaytalanib turishi; 4)
traxeya yoki bronx bilan qizilo’ngach oqma yaralari borligi; 5) bujlashda
qizilo’ngachning takroriy teshilishi.
Bemor juda ozib ketganda davolashning birinchi bosqichi sifatida unga
gastrostoma qo’yiladi. Operatsiya usulini tanlashda bemorning yoshi va umumiy
xolati, qizilo’ngachning toraygan joyi va uning qancha sohani egallagani
hisobga olinadi. Ko’pchilik bemorlarda bir bosqichli plastik operatsiyalar
o’tkaziladi. Ko’p bosqichli plastikani esa, holsizlangan bemorlarda bajariladi.
Segmentar strikturalarda qizilo’ngachda har turli qisman plastik operatsiyalar
qilinadi. Qizilo’ngachning quyi qismi yoki kardiyasi zararlanganda quyidagilar:
chetki qizilo’ngach-me’da anastomozi qo’yish, zararlangan qismni rezektsiya
qilish va uni me’daning katta egriligidan hosil qilingan naycha, ingichka yoki
yo’g’on ichakdan olingan transplantat bilan almashtirish qo’llaniladi. Halqum,
qizilo’ngachning buyin yoki bo’yin-ko’krak bo’limi zararlanganda proksimal
qisman plastika bajariladi. Ingichka va yo’g’on ichaklardan olingan
266
transplantatlardan foydalaniladi. Transplantatning bir uchini qizilo’ngachning
toraygan joyidan yuqorida, boshqa qismini undan pastda anastomoz qilinadi.
Striktura ko’p joyni egallagan hollarda ingichka yoki yo’g’on ichakdan
olingan transplantatni to’sh oldida va to’sh ichida (retrosternal, plevra ichi,
mediastinum orqasida) joylashtiriladigan total plastika qilish tayinlanadi.
Kuyish sodir bo’lganidan 2 yil o’tmasdan sun’iy qizilo’ngach vujudga
keltirishga
kirishmaslik
kerak.
Shu
muddat
o’tgandan
keyingina
qizilo’ngachning chandiqlanish darajasi aniqlanishi mumkin va shakllanib
bo’lgan chandiqli to’qimaning qizilo’ngach bo’shlig’ini konservativ usullar
bilan kengaytirishga imkon bermasligi ma’lum bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |