hollarida yuz beradi. F.N. Doronin kuzatuvlarida qizilo’ngachi kuygan 217 nafar
bemordan 116 nafari 5 yoshgacha bo’lgan. Qizilo’ngachning o’yuvchi ishqor,
kuchli kislota, kamroq fenol, lizol, yod, sulema va boshqa ba’zi bir moddalardan
260
kuyib qolish hollari ko’proq uchraydi. So’nggi vaqtlarda xonadonlarda kaustik
soda kam ishlatila boshlangani munosabati bilan bu moddadan tasodifan
kuyishlar soni kamayib ketdi, biroq ayrim joylarda u hali ham uchrab turadi.
Chunonchi, A.I. Serjanin kuzatuvlariga ko’ra qizilo’ngach kuyishidan
davolangan 115 nafar odamdan 85 foizida u kaustik sodani palapartish holda
saqlash (vinodan bo’shagan shishalarda, piyola va stakanlarda) oqibatida uni
ichib qo’yish sababli kuyish sodir bo’lgan.
Ko’pgina
mualliflarning
ma’lumotlari
bo’yicha
so’nggi
yillarda
qizilo’ngachning sirka kislotadan (essentsiya) kuyib qolish soni birmuncha
ko’paydi. Kuchli kislota ichib qo’yilganda eng ko’p o’zgarishlar qizilo’ngachda,
o’yuvchi ishqor ichib qo’yilganda esa me’dada ozroq o’zgarishlar paydo bo’ladi
deb hisoblanadi (chunki meda shilliq pardasi kislotalar ta’siriga ma’lum
darajada chidamli bo’ladi). Boshqa omillarning ham ahamiyati bor: ichilgan
kimyoviy modda miqdori, me’dada ovqat borligi va x.k. Odatda kuyishdan
keyin stenozlar qolgan bemorlarda og’iz va xalqum shilliq, pardasida ham
tegishli o’zgarishlar kuzatiladi.
Qizilo’ngach kardial sfinkteri ustidagi distal bo’lim, halqum-qizilo’ngach
birikkan sohadagi proksimal bo’lim, shuningdek bifurkatsiya sathi eng qattiq
zarar ko’radi. qizilungach shilliq pardasidagi qattiq ta’sirotga javoban
qizilo’ngach devorlari spazmga uchrashi natijasida o’yuvchi moddaning turib
qolishi qizilo’ngach distal bo’limining birmuncha jiddiy zararlanishiga olib
keladi.
Ishqorlardan zaharlanishda qizilo’ngachda eng og’ir o’zgarishlar yuz
beradi, deb hisoblaydilar, chunki bularda kislotalardan kuyishdan farqli ravishda
qoraqo’tirning erib ketishi sodir bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: