Ezofagotonokimografik tekshirish. Qizilo’ngach qisqarishlarini, uning
ichki bosimini va devori tonusini yozib olish – ezofagotonokimografiya
deyiladi, bunda olinadigan egri chiziqlar esa ezofagotonokimogramma deb
ataladi.
Ko’pincha ezofagotonokimografiyani uchiga mo’’jazgina ballonchalar
mahkamlab qo’yilgan ko’p kanalli zond yordamida o’tkaziladi. Zondni
qizilo’ngachga yuboriladi, uning erkin uchini qayd qiladigan apparaturaga
ulanadi.
Qizilo’ngach funktsional holatining eng muhim ko’rsatkichlaridan biri
qizilo’ngach ichidagi «tinchlik bosimi», ya’ni unda aktiv qisqarishlar yo’qligi
hisoblanadi. Normada halqumdagi bosim taxminan atmosfera bosimiga teng,
halqum bilan qizilo’ngach chegarasida (halqum-qizilo’ngach sfinkteriga mos
keladi) turli-tuman ma’lumotlarga ko’pa atmosfera bosimidan simob ustuni
hisobida 30-80 mm oshadi (bu qizilo’ngachdagi oshgan bosimning yuqori sohasi
nomini olgan), qizilo’ngachning o’zida, ayniqsa, uning ko’krak bo’limida sust
manfiy (simob ustuni hisobida 2 dan 10 mm gacha), qizilo’ngach – me’da
(kardial) fiziologik sfinkteri sohasida esa u yana oshgan va simob ustuni
hisobida 8-35 mm ga etadi – bu oshgan bosimning quyi sohasi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: |