Qizilo’ngachdan qusish (regurgitatio). Qizilo’ngachdan qusish ovqat bilan
kekirishga yaqin. Bunday qusishdan oldin ko’ngil aynishi kuzatilmaydi, unda
odatda qorin bo’shlig’i va me’da mushagi qisqarmaydi, ovqat kengayib va to’lib
ketgan qizilo’ngachdan uning devorlari spastik qisqarishi natijasida og’izga
otilib chiqadi.
Qizilo’ngachdan qayt qilish:
1) qizilo’ngachda ovqat tutilib va yig’ilib qolishi bilan o’tadigan
kasalliklarda – stenoz, qizilo’ngach raki, kardiya axalaziyasida;
2) qizilo’ngach diskineziyasining ayrim turlarida kuzatiladi.
Qattiq hiqichoq tutishi qizilo’ngach rakida, kamroq hollarda qizilo’ngach
teshigi churralarida kuzatilishi mumkin.
Qizilo’ngach kasalliklari (rak, kamroq divertikullar, axalaziya) bo’lgan
talaygina bemorlar og’izdagi yoqimsiz ta’m va ishtaha yo’qligidan noliydilar.
Qizilo’ngachdan qip-qizil rangli qon oqishi mumkin, bu hodisa
qizilo’ngach rakida, venalari varikoz kengayganda kuzatiladi.
Ovqatlanishning buzilishi oqibatida holdan toyish qizilo’ngach anchagina
torayganda (rak, stenozlar, kardiya axalaziyasi va b.) uchraydi. qizilo’ngach
rakida holdan toyib oriqlab ketishga rak intoksikatsiyasi va bemorlarda ishtaha
pasayib ketishi sabab bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |