Xirurgik kasalliklar


Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   363
Qizilo’ngachning qon bilan ta’minlanishi. Qizilo’ngach arterial qon bilan 

o’mrov osti arteriyasi tarmoqlarining yuqori qismida, yuqori qovurg’alararo va 

qalqonsimon  bez  arteriyasidan,  ko’krak  qismida  pastki  diafragmal  va  chap 

me’da  arteriyalari  tarmoqlaridan  ta’minlanadi.  Qizilo’ngach    arteriyalari  o’zaro 

keng anastomoz hosil qiladi. Bu hol shu a’zoda operatsiya o’tkazishda juda qo’l 

keladi. 



 

250 


Venoz  oqim  pastki  qalqonsimon,  perikardial,  orqa  ko’ks  oralig’i  va 

diafragmal  venalar  orqali  amalga  oshiriladi.  Qon  vv.  azygos  va  hemiazygosga 

quyiladi. Qizilo’ngach venalari asosan uzunasiga joylashgan bo’lib, uning pastki 

uchdan  bir  qismida  shilliq  parda  osti va  mushak  pardalarida me’daning  kardial 

qismi  shilliq  pardasi  ostidagi  chigalning  davomi  hisoblangan  murakkab  venoz 

chigal  bo’ladi.  Qon  venoz  chigaldan  qizilo’ngach  venalari  bo’ylab,  vv.  azygos 

va hemiazygos ga va yuqori kovak venaga yo’naladi, bu venalarning klapanlari 

bo’lmaydi. Qizilo’ngachning qorin qismi venalari me’da venalari va qopqa vena 

bilan bevosita bog’langan. Qizilo’ngach  venalari orqali qopqa va kovak venalar 

sistemasi o’rtasida anastomoz amalga oshirilishini qayd qilib o’tish muhim. 

Qizilo’ngachning limfatik  tomirlari  me’daning  chuqur  limfatik tugunlariga 

quyiladi.  Limfa  qizilo’ngachning  yuqori  qismidan  traxeal  va  traxeobronxial 

limfatik  tugunlarga,  pastki  qismidan  kardiya  tugunlariga  tushadi.  Qizilo’ngach 

limfatik tugunlarining bir qismi bevosita ko’krak yo’liga ochiladi (D.A. Jdanov, 

1952), buning qizilo’ngach rakining keyinchalik metastazlar berishida ahamiyati 

kattadir. 

Qizilo’ngachni  parasimpatik  n.  vagi  tarmoqlari  va  simpatik  nerv  sistemasi 

(gangl.  stellatumning  tolalari,  arterial  va  kekirdak-xiqildoq  chigali)  orqali 

innervatsiya  qiladi.  Ikkala  sistemaning  nerv  tolalari  qizilo’ngach  yuzasida 

chigallar: o’ng adashgan nerv tarmoqlari bilan chap-orqa qizilo’ngach chigalini, 

chap  adashgan  nerv  tarmoqlari  bilan  o’ng  oldingi  qizilo’ngach  chigalini  hosil 

qiladi.  Ulardan  qizilo’ngach  bag’rida  intramural  nerv  chigalini  (mushaklararo, 

auerbax) va shilliq parda osti (Meysner) chigalini hosil qiladigan tolalar chiqadi. 

Bular qizilo’ngach devorini innervatsiya qiladi. 

Qizilo’ngachning  bo’yin  qismi  qaytuvchi  nervlar,  ko’krak  qismi  o’zaro 

anastomozlanadigan  adashgan  nervlar  tarmoqlari  va  simpatik  nerv  tolalaridan 

innervatsiya  qilinadi.  Qizilo’ngachning  quyi  qorin  nervidan  (n.  splanchicus) 

tarmoqlar oladi.  O’z-o’zini  reflektor boshqarish intramural  va ekstramural  nerv 

tolalari va chigallari tomonidan amalga oshiriladi. 



 

251 



Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin