QIZILO’NGACH KASALLIKLARI
Anatomik-fiziologik ma’lumotlar
Qizilo’ngach (oesophagus) – halqumni me’daning kardial qismi bilan
tutashtirib turadigan kovak a’zo bo’lib, balog’at yoshidagi odamda uning
uzunligi 24-29 sm ni tashkil etadi. Qizilo’ngach devorining qalinligi o’rta
hisobda 3-4 mm atrofida bo’lib, uzuksimon tog’ayning pastki cheti, VI bo’yin
umurtqasi sohasidan boshlanadi va uning pastki qismi (2-4 sm) qorin
bo’shlig’ida joylashgan bo’ladi.
Quyidagi ma’lumotlar amaliy ahamiyatga ega: qizilo’ngachda uchta
torayma bo’lib, yuqorigisi qizilo’ngachning kirish qismida yuqori qoziq tishlar
oldingi chetidan taxminan 14-15 sm masofada, o’rta torayma aorta ravog’i va
chap bosh bronx sohasida va pastkisi diafragma bilan kesishgan joyida bo’ladi.
59. rasm. Qizilo’ngachga fiziologik toraymalari.
247
Qizilo’ngach anatomik jihatdan uch qismga bo’linadi: bo’yin qismi (pars
cervicalis – boshlanishdan orqa ko’ks oralig’iga kirish qismigacha – 5-6 sm),
ko’krak qismi (pars thoracalis – ko’krak qafasidan diafragmagacha – taxminan
17 sm) va qorin qismi (pars abdominalis – diafragmadan chiqishdan me’daning
kardial qismi bilan tutashguncha – 2-4 sm).
Qizilo’ngach o’z yo’lida qator a’zolar bilan duch keladi yoki ularga
anatomik jihatdan yaqin, qizilo’ngachning oldingi tomonida yuqorida traxeya
turadi. Traxeya bifurkatsiyasi sathida qizilo’ngachni chap bronx kesib o’tadi.
Pastroqda esa, perikard bilan ajratilgan o’ng bo’lmaning orqa yuzasi joylashadi.
Diafragmal teshik orqali o’tishning oxirida, endi qorin pardasi bilan qoplangan
qizilo’gach jigarning chap bo’lagiga tegib turadi.
Qizilo’ngach orqasida umurtqa pog’onasining bo’yin qismi va birinchi
ko’krak umurtqalari joylashadi. Th
10
yordamida u ko’krak yo’lini (ductus
thoracicus) kesib o’tadi va umurtqa pog’onasidan uzoqlashadi, qizilo’ngach
orqasida ichkarida o’ng tomonda toq vena (v. azygos), chap tomonda ko’krak
aortasi, ular orasida esa ko’krak yo’li joylashadi. Shu yo’lda qizilo’ngach o’ng
bronxial arteriyani, bir necha qovurg’alararo arteriyalar va venalarni, hamda
undan plevra bilan ajratilgan v. hemiazygosni kesib o’tadi. Qizilo’ngach o’ng
tomonda yuqorida traxeya bilan bekilgan. Xuddi shu erda o’ng qaytuvchi
nervning tarmog’i o’tadi. Eng yuqori bo’limida u qalqonsimon bezning o’ng
bo’lagiga tegib turadi.
Chapda qizilo’ngach qalqonsimon bezning chap bo’lagi, shu bezning
venalari bilan chegaralanib turadi. Unga traxeo-ezofageal burchakdan
qizilo’ngachning oldingi sathiga o’tadigan chap qaytuvchi nerv yaqinlashadi.
Uning yaqinida, chap o’mrov osti sohasida ko’krak yo’li joylashadi. Keyinroq
qizilo’ngach aorta ravog’ining gorizontal qismiga yaqinlashadi, mediastinal
plevra, kardiya sohasi, me’da tubiga tegib turadi.
O’ng adashgan nerv qizilo’ngachga o’ng bronx bilan kesishgan sathida
yaqinlashadi, bu IV-V ko’krak umurtqasi sathiga muvofiq keladi va
qizilo’ngachning orqa yuzasida joylashib, qorin bo’shlig’iga kiradi. Chap
248
adashgan nerv qizilo’ngachning oldingi devoriga yaqinlashadi. Shunday qilib,
qizilo’ngach o’zining butun yo’lida traxeya, pastga tushadigan aorta, ko’krak
yo’li, simpatik chegaradosh ustunning ko’krak qismi, o’pka va plevra,
diafragma, yuqori kovak vena, perikard va yurakning orqa yuzasi bilan anatomik
jihatdan yaqin yoki tegib turadi.
Qizilo’ngach bo’yin qismi va ko’krak bo’limi boshlanishda aorta
ravog’igacha o’rta chiziqdan birmuncha chapda yotadi. Ko’krak bo’limining
o’rta qismida qizilo’ngach o’rta chiziqdan birmuncha o’ngga og’adi va
diafragma ustida aortadan oldinda yotadi. Shunday qilib, qizilo’ngach bo’yin
bo’limida chapdan kesishga qulay. Ko’krak bo’limining pastki uchdan bir
qismida qizilo’ngach pastga tushadigan aorta va yurak xaltasi orasida yotadi va
unga chap tomonlama transplevral yo’l bilan yaqinlashish oson.
Umuman olganda, qizilo’ngachning tuzilishi butun me’da-ichak yo’liga
muvofiq keladi. Devori 4 qavatdan tashkil topadi – shiliq qavat (mucosa), shiliq
osti qavati (submucosa), mushak qavati (muscularis) va tashqi biriktiruvchi
to’qima pardasi (tunica adventicia). Qizilo’ngachning shiliq pardasi ko’p qavatli
yassi epiteliy burmalaridan hosil bo’lgan. Qizilo’ngach ko’p qavatli yassi
epiteliysining me’daning tsilindrsimon epiteliysiga o’tishi keskin, tishsimon
chiziq ko’rinishda yuz beradi (linea zerrata). Ko’pchilik kishilarda u anatomik
kardiyadan birmuncha yuqorida joylashgan.
Qizilo’ngachning oxirgi qismida odatda taxminan 75% hollarda
qizilo’ngachning yuza yoki kardial bezlarini saqlagan me’da shilliq pardasining
sohalari bo’ladi. Bu bezlar me’daning kardial beziga o’xshash va xlorid kislota
ishlab chiqaradigan parietal xujayralar saqlashi mumkin. Me’da tsilindrsimon
epiteliysining ektopik joylashgan orolchalari va yuzaki joylashgan bezlar
qizilo’ngachning birmuncha proksimal sohalarida ham uchrab turadi.
Qizilo’ngach yaralari rivojlanishida ularga muayyan ahamiyat beriladi.
Shilliq osti pardasi (qavati) biriktiruvchi to’kima va elastik tolalardan hosil
bo’lgan: u g’ovak va harakatchan. Qizilo’ngachning shilliq osti pardasida,
ayniqsa uning proksimal bo’limida uning chuqur yoki «xaqiqiy» bezlari
249
joylashgan. Ularning umumiy miqdori 200 dan oshmaydi deb hisoblaydilar. Bez
shilliq parda yuzasiga burchak ostida yo’nalgan yo’llarga ochiladi. Bezning
umumiy uzunligi 1 mm dan oshmaydi. Qizilo’ngach devori bezlari
sekretsiyasini
vagus
nazorat
qilib
turadi.
Uning
sekretor
tolalari
ta’sirlantirilganda bezlar quyuq shilliq chiqara boshlaydi, u tobora suyuqlanib
boradi. Bu sekret hazm qilish kuchiga ega emas.
Qizilo’ngachning mushak devori ichki doira mushaklar va tashqi bo’ylama
tolalardan iborat. Ular o’rtasida g’ovak biriktiruvchi to’qima qatlami bo’ladi,
unda yirik tomirlar va nervlar joylashgan. Bo’ylama mushak qavati odatda
tsirkulyar qavatdan ikki baravar yupqa, qizilo’ngachning yuqori uchdan bir
qismida mushaklar ko’ndalang-targ’il, mushak pardasining uchdan bir pastki
qismi silliq mushaklardan tashkil topgan. Sfinkter ahamiyati bo’lgan mushak
qavatining qalin qismi qizilo’ngachga kirish qismida va diafragmal torayma
sathida bo’ladi. F.F. Saks (1964) fikricha, katta odamda qizilo’ngach mushak
qavati tsirkulyar qatlamining qalinligi kardiya sohasida 2,2 mm, bu uning
birmuncha proksimal qismlaridagi qalinligidan 1,5-2 marta ortiqdir.
Qizilo’ngach tashqi tomondan g’ovak biriktiruvchi to’qima bilan o’ralgan,
undan limfatik va qon tomirlar, biriktiruvchi to’qimadan iborat tortmalar o’tadi.
Chunonchi, qizilo’ngachning oldingi chap devorini chap bronx asosi bilan
bog’lab turadigan chap qizilo’ngach – bronxial boylami, qizilo’ngachning orqa-
chap devorini aorta ravog’ining botiq yuzasiga taqab turadigan qizilo’ngach-
aortal boylami va qizilo’ngachning distal bo’limini diafragmaga taqab turadigan
Morozov-Savvin boylami kabilar farq qilinadi. Qizilo’ngachning abdominal
kesigi seroz parda bilan qoplangan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |