Davolash.
Diafragmaning
qizilo’ngach
teshigi
asoratlanmagan
sirpanuvchan churralarida me’da-qizilo’ngach reflyuksini pasaytirishga, ezofagit
hodisalarini kamaytirishga, qorin bo’shlig’i ichidagi bosim oshishining oldini
olishga qaratilgan muolajalar olib boriladi. Bemorlarga tanasining bosh
tomonini baland ko’tarib qo’yib uxlash, gavdani reflyuks paydo bo’lishini
engillashtiradigan holatlarga yo’l qo’ymaslik, ichak faoliyatini muntazam
ravishda kuzatib turish tavsiya qilinadi.
Qizilo’ngach teshigi churrasi borligiga bog’liq holda kasallikning klinik
manzarasi og’ir bemorlarda terapevtik choralarning natija bermasligi, jarrohlik
usulda davolash uchun bosh ko’rsatma hisoblanadi.
Operatsiya qorin a’zolarini joyiga solish va diafragmaning qizilo’ngach
teshigi defektini bartaraf etishdan iborat. Paraezofagial churra kardiya
etishmovchiligi bilan birga kelganda Nissen taklif etgan usul bo’yicha
fundoplikatsiya operatsiya amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |