Xirurgik kasalliklar


Diafragmal  churralarning  umumiy  simptomatikasi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   363
Diafragmal  churralarning  umumiy  simptomatikasi.  Diafragmal 

churralarning klinik ko’rinishlari uchta asosiy omilga bog’liq bo’ladi: 

1.  diafragmadagi  nuqson  orqali  ko’krak  qafasiga  tushgan  churra 

darvozalaridagi qorin bo’shlig’i a’zolarining ezilishi va buralib qolishi; 

2. churraga tushgan qorin bo’shlig’i a’zolarining o’pkaga kompressiyasi va 

ko’ks oralig’i surilishi; 

3. difragma funktsiyalarining buzilishi va to’xtashi. 

Shunga  muvofiq  holda  diafragmal  churralarda  uchraydigan  barcha 

simptomlar quyidagilarga bo’linishi mumkin: 

a)  joyi  o’zgargan  qorin  bo’shlig’i  a’zolari  faoliyatining  buzilish  muddati 

bilan bog’liq gastrointestinal belgilar;  

 

 



 


 

240 


b)  o’pkaning  ezilishi  va  yurakning  surilishiga  bog’liq  kardiorespirator 

simptomlar. 

Bemorlar to’sh osti sohasida, ko’krak qafasida, qovurg’alar ostidagi og’irlik 

sezgisi va og’riqdan, ayniqsa ko’proq ovqat eyilgandan keyin paydo bo’ladigan 

nafas  qisishi  va  yurak  urishiga  shikoyat  qiladilar.  Ko’pincha  churra  tomondagi 

ko’krak qafasida bilqillagan va quldiragan tovushlar eshitiladi, bemor gorizontal 

holatda yotganda nafas qisishi kuchayadi. 

Ovqatlangandan  so’ng  bemor  egan  ovqatini  qayt  qilgach  keyin  o’zini 

birmuncha  engilroq  his  qiladi.  Qizilo’ngachning  ham  buralib  qolishi  bilan 

kechadigan  me’da  buralishida, paradoksal disfagiya  belgilari  rivojlanadi  (qattiq 

ovqat suyuq ovqatdan ko’ra osonroq o’tadi). Klinik belgilarning yuzaga chiqish 

darajasi,  bevosita  me’da-ichak  yo’llarining  to’liqlik  darajasiga  bog’liq  bo’lishi, 

katta diagnostik ahamiyatga ega. 

Ko’krak  qafasining  tegishli  yarmidagi  yoki  epigastral  sohadagi  qattiq 

og’riqning orqaga, kuraklarga o’tishi – diafragmal churraning qisilib qolganidan 

darak  beradi.  Kovak  a’zoning  qisilib  qolishi,  uning  devorini  nekrozga  uchrashi 

yoki teshilishi, piopnevmotoraks rivojlanishiga va uning avj olishiga olib kelishi 

mumkin. 


Anamnezda jarohatlanish bo’lgani, yuqorida sanab o’tilgan shikoyatlarning 

borligi,  zararlangan  tomonda  ko’krak  qafasi  xarakatchanligining  pasayishi  va 

qovurg’alararo  oraliqlarning  kengayganligi,  uzoq  muddatdan  beri  mavjud 

bo’lgan churralarda – qorinning ichga botishi, ko’krak qafasining tegishli yarmi 

ustida  to’mtoq  tovush  yoki  timpanitning  aniqlanishi,  me’da  va  ichaklarning 

to’lish  darajasiga  ko’ra  tovush  kuchining  o’zgarishi,  bu  sohada  ichak 

peristaltikasi  yoki  chayqalish  shovqini  eshitilayotganda  nafas  shovqinlarning 

sustlashishi  yoki  mutlaqo  bo’lmasligi,  ko’ks  oralig’idagi  to’mtoq  tovushning 

sog’ tomonga surilishi, diafragmal churra borligiga xaqida dalolat beradi. 

Odatda, uzil-kesil diagnoz rentgenologik teshiruv natijasiga qarab qo’yiladi. 

Rentgenologik  manzarada:  ko’krak  qafasiga  surilgan  qorin  a’zolari  tabiati  va 

hajmiga, me’da-ichak yo’llarining to’lish darajasiga bog’liq. 




 

241 


Me’da  tushishida  ko’krak  qafasining  chap  tomonida  suyuqlik  ichish  va 

ovqat  eyishda  ko’tarilgadigan  katta  gorizontal  sath  ko’rinib  turadi.  Ingichka 

ichak  qovuzloqlari  tushganda  o’pka  maydoni  fonida  ayrim  yorug’langan  va 

soyalashgan  qismlar  ko’rinib  turadi.  Taloq  yoki  jigarning  surilganligi  o’pka 

maydonining  tegishli  bo’limida  qorong’ulanish  beradi.  Ayrim  bemorlarda 

diafragma gumbazi va undan yuqorida joylashgan qorin a’zolari yaxshi ko’rinib 

turadi. 

Me’da-ichak sistemasi a’zolarini kontrast modda yordamida tekshirilganda, 

churraga  tushgan  a’zolarning  tarkibi  va  tabiati  aniqlanadi.  Churraga  tushgan 

a’zolarni  diaframadagi  teshik  sathida  bosib  ko’rish  asosida  (churra  darvozalari 

simptomi) churra darvozalarining joylashgan joyi va o’lchamlari aniqlanadi. 

Davolash: diafragmal churralarda siqilish imkoniyati borligini hisobga olib, 

profilaktik  niyatda  operatsiya  qilish  kerak  bo’ladi.  Churra  o’ng  tomonlama 

joylashganda  operatsiyani  IV  qovurg’alar  orasida  bajariladigan  transtorakal 

kesma (yo’l) orqali qilinadi, parasternal churralarda qulayroq kesma yuqori-o’rta 

laparotomiya,  chap  tomonlama  churralarda  esa  VII-VIII  qovurg’alararo 

transtorakal  kesmalar  tavsiya  etiladi.  Amaliyot  jarayonida  bitishmalar 

ajratilgach,  diafragmadagi  nuqson  chetlari  ozod  qilingandan  so’ng,  surilgan 

a’zolar  qorin  bo’shlig’iga  joylashtiriladi  va  nuqson  alohida  tugunli  choklar 

yordamida dublikatura hosil qilib tikiladi. 

Nuqson  o’lchamlari  katta  bo’lganda  diafragmani  kapron,  neylon,  teflon 

kabilardan  tayyorlangan  protezlar  yordamida  (alloplastika)  mustahkamlash 

maqsadga muvofiq bo’ladi. Parasternal churralarda (Larrey churrasi, retrosternal 

churra) surilgan a’zolar o’z bo’shlig’iga joylashtiriladi,  churra xaltasi kesib olib 

tashlanadi,  diafragma  nuqsoni  chetlariga  va  qorin  mushaklari  qinining  orqa 

varag’iga,  suyak  ustki  pardasi,  to’sh  va  qovurg’alarga  birin-ketin  П-simon 

choklar qo’yiladi.  

Qisilgan diafragmal churralarda transtorakal yo’l bilan kiriladi, qisib turgan 

halqa kesilgach, churra xaltasining tarkibini tashkil qiluvchi a’zolar sinchkovlik 

bilan  tekshiriladi.  A’zoning  yashashga  moyilligi  saqlangan  bo’lsa,  uni  qorin 




 

242 


bo’shlig’iga  kiritilib,  churra  darvozasi  defekti  bartaraf  etiladi.  Agarda  hayotga 

noloyiq  holat  topilsa,  ya’ni  a’zo  ortga  qaytmas  o’zgarishlarga  uchragan  bo’lsa, 

uni olib tashlash lozim bo’ladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin