ildizlari hisoblanadi. Yuzaki va chuqur limfatik tomirlar farq qilinadi. Yuzaki
limfatik tomirlar limfani teri va teri osti kletchatkasidan yig’ib, katta va kichik
teri osti venalari yo’li bo’ylab yuradi, yuzaki chov limfatik tugunlariga quyadi.
Chuqur limfatik tomirlar limfani chuqur yotgan to’qimalardan oladi, qon
tomirlar bilan birga yuradi va taqim hamda chuqur chov limfa tugunlariga
tugunlari orqali kelib, ular o’ng va chap bel limfatik tugunlarini shakllantiradi.
Oxirgilari bir-biri bilan qo’shilib, ko’krak limfatik yo’lini hosil qiladi. Limfatik
kasallik hisoblanadi, teri va mahalliy yiringli o’choqlarga infektsiya tushib
233
zararlanishining ko’p sodir bo’ladigan asorati hisoblanadi. Limfangoitlar
birlamchi o’choq bilan bir vaqtda yoki undan ancha keyin paydo bo’ladi.
Klinikasi jarayonning joylashuviga, infektsiya virulentligiga va organizm
reaktsiyasiga bog’liq. Yuzaki va chuqur limfatik tomirlar limfangoitlari,
yallig’lanish xarakteriga ko’ra oddiy va yiringli turlari farq qilinadi.
Yuzaki limfatik tomirlar limfangoiti xarakteri bo’yicha yuzaki oddiy
limfangoit yoki to’rsimon limfangoit, shuningdek poyasimon limfangoit
ko’rinishida bo’lishi mumkin.
O’tkir yuzaki limfangoitda yallig’lanish mayda limfatik tomirlarda paydo
bo’ladi. Teri qizaradi, tomirlar yo’li bo’ylab ipsimon zichlashish paydo bo’ladi.
Bemorlar achishish, qattiq qichishish, umumiy lohaslik va harorat
ko’tarilishidan shikoyat qiladilar.
O’tkir yuzaki limfangoitda (poyasimon limfangoit) jarayon yirik limfatik
tomirlarga tarqaladi. Birlamchi o’choqdan regional limfatik tugunlargacha
boradigan qizil yo’l-yo’l chiziqlar paydo bo’ladi. Keyingilari kattalashadi va
og’riqli bo’lib qoladi. Harorat 39°C gacha ko’tariladi, et uvishishi mumkin.
Chuqur limfatik tomirlarning o’tkir limfangoitida terida o’zgarishlar bo’lmaydi,
biroq bemorlar oyoqni bosa olmaydilar, shishlar paydo bo’ladi, tomirlar yo’li
bo’ylab og’riq bo’ladi. Umumiy hodisalar yuzaki limfangoitga o’xshash, biroq
og’irroq o’tadi.
Yiringli limfangoitda umumiy belgilar yuzaga chiqqan, harorat 39°C gacha
ko’tariladi, et uvishadi. Umumiy behollik bo’ladi, oyoq-qo’llar qaqshab
og’riydi. Ba’zan kasallik kechishi abstsess, flegmona, saramas, tromboflebit,
kamqonlik va sepsis rivojlanishi bilan og’irlashadi.
Davolash. Avvalo birlamchi o’choqqa davo qilish kerak. Osoyishta sharoit
va oyoqlarni immobilizatsiya qilish, yog’li bog’lamlar, antibakterial davolash
tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: