Postromboflebitik sindrom (PTFS)
Bu oyoq chuqur venalarining boshdan kechirilgan trombozi natijasida
rivojlanadigan simptomlar kompleksi, aholining 1,5-5 foizida uchraydi. Chuqur
venalar trombozining eng ko’p uchraydigan natijasi tromb rekanalizatsiyasi,
kamroq – tromblangan venalarning obliteratsiyasi hisoblanadi.
Tromb hosil bo’lish jarayoni kasallik boshidan boshlab 2-3 – xaftadan
boshlanadi va bir necha oydan 5 yilgacha muddatda rekanalizatsiya bilan
tugallanadi. Zararlangan vena klapanlariga shikast etganda rigid sklerozlangan
naychaga aylanadi. Paravazal fibroz rivojlanadi. Zararlangan chuqur venalarda
bosim oshishi natijasida avvaliga funktsional, so’ngra a’zo jihatidan faoliyatsiz
bo’lib qolgan komunikant venalar tizimida bosim ortadi. Oyoq venalarida
reflyuks yuz berib, u chuqur venalardan teri osti venalariga oka boshlaydi,
arteriola-venulyar anastomozlar ochiladi. Boldirning uchdan bir pastki qismida,
eng yirik perforant venalar va ortostatik venoz bosim eng yuqori bo’lgan medial
230
to’piq ustida o’zgarishlar ayniqsa chuqur bo’ladi. Mikrotsirkulyatsiyaning
buzilishlari trofik yaralar hosil bo’lishiga sababchi hisoblanadi.
Klinikasi. Eng erta simptom – zararlangan oyoqda og’irlik sezgisi va
og’riq, bular uzoq vaqt oyoq ustida turilganda ko’payadi va bemor oyog’ini
ko’tarib yotganida kamayadi.
Tungi vaqtlarda va uzoq vaqt tik turib qolishda aksariyat boldir
mushaklarida tortishish paydo bo’ladi. Oyoqdagi shish hatto tungi uyqudan
keyin ham yo’qolmaydi. Yonbosh venalar zararlanganda shish butun oyoqni
qamrab oladi, son venasi zararlanganda boldir va sonning uchdan bir pastki
qismini, boldirning chuqur venalari trombozida – to’piqlar sohasini va oyoq
panjasini egallaydi. Bemorlarning 65-75 foizida venalarning varikoz kengayishi
rivojlanib, u katta va kichik teri osti venalari sistemasini egallaydi. Yonbosh
venalari zararlanganda oldingi qorin devori teri osti venalari kengaygan. Boldir
uchdan bir pastki qismi to’qimalari, ayniqsa, to’piq medial sohasining
induratsiyasi xarakterli. Teri va teri osti yog’ to’qimasi zich, harakatsiz, qo’ng’ir
yoki to’q jigar rang tusda. Ko’pincha o’zgarib qolgan terida qattiq
qichishtiradigan nam ekzema paydo bo’ladi. Shu erning o’zida trofik yaralar
joylashgan ular uzoq vaqt, qaytalanib kechadi. Trofik yaralar yakka-yakka yoki
ko’p sonli, chetlari sklerozlangan, tubi silliq, yumshoq granulyatsiyalar bilan
qoplangan, oz-moz suvlanib turadi.
231
56-rasm. Boldir va to’piq sohalaridagi trofik yaralar.
PTFS ning 4 klinik turi: shish-og’riqdi, varikoz, yarali va aralash turlari
farq qilinadi.
Ilgari chuqur venalar trombozi bo’lib o’tganligi PTFS dan dalolat beradi.
Delbe-Pertes va Pratt-1 funktsional sinamalarining natijalari chuqur venalar
o’tkazuvchanligi buzilganligini ko’rsatib, diagnozni tasdiqlaydi.
Ultratovush doppler tekshiruvida tromblashgan venalarda qon oqimi
yo’qolishi yoki susayishi, qonni yuzaki venalarda oqishi tezlashuvi, ultratovush
dupleks tekshiruvida esa tromblashgan venalar intima-media holati, ichidagi
tromb holati, vena o’tkazuvchanligi, komunikantlardagi qon oqimi, tezligi va
hajmlari haqida ma’lumotlar aniqlanadi. Tekshiruv natijasi to’liq qoniqtirmagan
holatda dinamik flebografiya ma’lumotlari tashhisni tasdiqlaydi.
Differentsial tashhisni varikoz kasalligi, Parks-Veber sindromi, yurak va
buyrak kasalliklari, chanoq o’smalari, limfedema kasalligi bilan o’tkaziladi.
Davolash kompleks tarzda olib boriladi.
Konservativ davo:
1) elastik bintlar taqish;
2) siydik haydovchi vositalar;
3) ratsional ishga joylashtirish;
4) desensibilizatsiya qiladigan davo;
5) mikrotsirkulyatsiyani yaxshilaydigan vositalar;
6) trofik yaralarda antibiotiklar va antiseptiklar, proteolitik fermentlar
tayinlanadi;
7) dermatitlar hamda ekzemada tarkibida rux yoki talk bo’lgan
aralashmalar, ftorokort, flutsinar, kuriozin.
8) fleboprotektorlar.
Jarrohlik usulida davolash. Quyidagilarni amalga oshirish uchun ko’p sonli
amaliyotlar taklif qilingan:
232
1. Paydan taqim venasi ekstravazal klapanini yaratish (Psatakis jarrohlik
amaliyoti).
2. Zararlangan oyoqdan sog’lom tomoniga kesishma autovenoz qov usti
safeno-son shunti orqali qon oqib ketishini vujudga keltirish (Palma jarrohlik
amaliyoti).
3. Venaning zararlangan sohasini teri osti venasidan olingan transplantat
bilan almashtirish.
PTFS ni davolashda yuzaki va kommunikant venalardagi jarrohlik
amaliyotlari (Bebkokk bo’yicha flebektomiya, Linton, Kokket, Felder jarrohlik
amaliyotlari hamda endoskopik usulda perforant venalarni bog’lash) va
fastsioplastika eng ko’p tarqalgan. Operatsiyadan keyingi davrda doimiy elastik
bintlash tavsiya qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |