ko’krak bo’shlig’i a’zolarini qorin a’zolaridan ajratib turadi. U yassi yupqa
mushakdan iborat bo’lib, uning tolalari ko’krak qafasining pastki gumbaz
tizmasiga o’tib, o’ng va chap tomondan ko’krak bo’shlig’iga chiqib turadigan
ichki yuzasi va qorin to’g’ri mushaklari qinining orqa varag’idan boshlanadigan
bir necha kalta tutamlardan iborat bo’ladi. Diafragmaning bu qismi kletchatka
bilan to’lgan kichkina va tor uchburchak yoriq – ko’krak-qovurg’a bo’shlig’i
237
1 – ko’krak qismi; 2 – qovurg’a qismi; 3 – bel qismi; 4 – aorta; 5 – ko’krak limfatik yo’li; 6
– qizilo’ngach; 7 – adashgan nervlar; 8 – pastki kovak vena; 9 – qorin nervlari,
simpatik tutamlar; 10 – Larrey-Morgani yorig’i; 11- Boxdalek yorig’i.
Qovurg’a qismi VII-XII qovurg’alar tog’aylarining ichki yuzasidan
ko’ndalang qorin mushagi o’siqlari bilan navbatlashadigan alohida mushak
tutamlaridan boshlanadi, so’ngra yuqoriga ko’tarilib pay markaziga o’tadi va
diafragma gumbazlarining kattagina qismini hosil qiladi.
Qovurg’a qismi, Boxdalek uchburchagi nomini olgan boshqa, huddi
shunday uchburchak yoriq vositasida diafragmaning kuchliroq ifodalangan bel
qismidan ajratilgan.
Diafragmaning bel qismi har tomonlama uchta mushak “oyoqcha”lar:
tashqi, oraliq va ichki “oyoqcha”lardan tashkil topgan bo’ladi. Diafragmaning
qizilo’ngach teshigi ko’pchilik tadqiqotchilarning ma’lumotlariga binoan uning
asosan o’ng ichki “oyoqcha”si hisobiga hosil bo’ladi. Qizilo’ngach teshigi
barcha tomoni berk tog’orasimon shaklga ega bo’lib, XI ko’krak umurtqasi
sathida, aksariyat o’rta chiziqdan birmuncha chap tomonda joylashadi.
Diafragma qizilo’ngach teshigining eni normada 1,0 sm dan 3 sm gacha
bo’lib, uzunligi esa 3,5 dan 6 sm gacha kattalikka ega bo’ladi. Diafragmaning
qizilo’ngach teshigi orqali qizilo’ngachdan tashqari, chap va o’ng adashgan
nervlari o’tadi.
Diafragma o’pka bilan tutashgan joylarda va diafragmal-mediastinal,
hamda diafragmal-qovurg’a sinuslar sohasida plevra bilan qoplangan bo’lib,
uning payidan, qorin ichi fastsiyasining bir qismi hisoblangan biriktiruvchi
to’qima plastinkasi boshlangan bo’ladi.
Diafragmani juft mushak – diafragmal arteriya (a. musculophrenica) lar va
aortaning juft tarmoqlari: yuqorigi diafragmal arteriya va oltita pastki
qovurg’alararo arteriyalar orqali qon bilan ta’minlanadi. Diafragmaning asosiy
arteriyalari o’ng va chap pastki diafragmal arteriyalar bo’lib, ular aslini olganda
butun diafragmani u yopishgan chiziq bo’ylab vaskulyarizatsiya qiladi.
238
Ko’p sonli limfatik tomirlar diafragma qatlamlariga muvofiq joylashgan
to’rlar hosil qiladi. Diafragmadan limfa oqishi, uning mushak-pay elementlari
qisqarishi tufayli, ko’p sonli limfatik tugunlar vositasida ruy beradi.
Diafragma ikkita diafragmal nervlar (nn. phrenici), ikkala tomondagi oltita
pastki qovurg’alararo nervlar (n. intercostalis) tarmoqlaridan innervatsiya
qilinadi, shuningdek o’ng va chap diafragmal chigallaridan nerv tolalarini oladi.
Dostları ilə paylaş: