234
Teri, teri osti kletchatkasi va fastsiyada limfa hosil bo’lishining buzilishi,
shuningdek limfa oqimining buzilishi bilan bog’liq. Ko’proq ayollarda uchraydi.
Limfostazning tug’ma va orttirilgan formalari farq qilinadi. Limfostazning
tug’ma formalari limfatik sistemaning o’sib etilmaganligi bilan bog’liq bo’lgan
filsimon kasallikning irsiy shakllari ma’lum.
Orttirilgan yoki ikkilamchi limfostaz rivojlanishiga oyoqlardan limfa oqib
ketishini qiyinlashtiradigan omillar sabab bo’ladi: jarrohlik amaliyotidan keyin
qolgan chandiqlar, yumshoq to’qimalarning o’smalari, limfatik tomirlar olib
tashlangandan keyin uning zonasidagi o’zgarishlar, nur bilan davolash, teridagi,
teri osti kletchatkasidagi limfatik tomir va tugunlardagi shikastlanishlar, saramas
yallig’lanishi, limfangoit va limfadenitlar shular qatoriga kiradi.
Klinikasi va diagnostikasi. Kasallik kechishida ikkita bosqich farq qilinadi.
Birinchi bosqich – limfedema bosqichi barmoqlar asosida, oyoq panjasi
orqasida, boldir-tovon bo’g’imi sohasida shishlar paydo bo’lishi bilan
xarakterlanadi. Shish yumshoq, og’rimaydi, ertalab dam olib turilgandan keyin
yo’qoladi. Shishgan to’qimalar ustidagi teri osongina burmalar hosil qilib
yig’iladi.
Ikkinchi bosqichi – fibredema bosqichi bir necha yildan keyin yuz beradi.
Shish oyoqning proksimal bo’limlariga tarqaladi, zich va doimiy bo’lib qoladi,
uzoq vaqt gorizontal holatda bo’lishda ham yo’qolmaydi; terini burma qilib
yig’ib bo’lmaydi. Oyoq hajmi kattalashadi, shakli o’zgarib qoladi, ish qobiliyati
pasayib ketadi. Terida giperkeratoz va giperpigmentatsiya rivojlanadi.
So’galsimon o’sib qalin tortgan tuzilmalar hosil bo’ladi. Filoyoq kasalligi
yoriqlar va yaralar bilan zararlanganda mo’l limforeya kuzatiladi. Zararlangan
oyoq aylanasi sog’lom oyoqdan 30-40 sm ga oshgan bo’ladi.
Bevosita limfografiya – limfogrammalar asosida uzil-kesil tashxis
qo’yishga imkon beradi, zararlangan oyoqda limfa oqadigan yo’llar ko’riladi,
limfostazning ikkilamchi formalarida to’siq borligi va darajasi aniqlanadi.
Davolash. Konservativ davolash quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) oyoqni elastik bintlar bilan bintlash, elastik paypoqlar kiyish;
235
2) to’qimalar trofikasini (vitamin B
1
, C, riboflavin), qon aylanishini
(galidor, no-shpa), mikrotsirkulyatsiyani (trental, nikotin kislotasi, komplamin)
yaxshilaydigan preparatlar;
3) desensibilizatsiya qiladigan vositalar (suprastin, tavegil, dimedrol);
4) yallig’lanishga qarshi davolash (nimesil, dikloberl, reopirin);
5) gialuronidaza ta’siri bor preparatlar (lidaza) va biologik stimulyatorlar
(shishasimon tana), hamda fermentlar (vobenzim, flobenzim);
6) davolash jismoniy tarbiyasi, fizioterapevtik va balneologik davolash.
Konservativ davolash vaqtincha naf beradi. Filsimon kasallikni davo
qilishning ishonchli usuli jarrohlik usuli hisoblanadi.
Zararlangan tomondagi sklerotik o’zgargan teri osti yog’ to’qimasi va
fastsiyasini qisqa kesib qilinadigan plastik jarrohlik amaliyotlari qo’llaniladi.
Biroq bu jarrohlik amaliyoti shikastlantiruvchi, unda yog’ emboliyasi
rivojlanishi, teri laxtagi jonsizlanishi va kasallikning qaytalanish xavfi bo’ladi.
Jarrohlik amaliyotlarining ikkinchi guruhi yuzaki limfatik tomirlar va teri
osti venalari tarmoqlari o’rtasida skarp uchburchagi sohasida yoki taqim
chuqurchasi sohasida mikrojarrohlik usulida limfo-venoz anastomozlar
qo’yishdan iborat.
Odatda 6-10 ta limfo-venoz anastomozlar qo’yiladi. Bu jarrohlik amaliyoti
patogenetik jihatdan asoslangan va zararlangan oyoqdan limfa oqib ketishini
yaxshilashga qaratilgan. Bunday amaliyotga mikrojarrohlik va limfografiyani
joriy qilinishi tufayli muvaffaq bo’lindi.