Xirurgik kasalliklar


Klinik  manzarasi  va  diagnostikasi



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   363
Klinik  manzarasi  va  diagnostikasi.  Diafragma  qizilo’ngach  teshigining 

sirpanuvchan  churralarida  simptomlar  reflyuks-ezofagit  bilan  bog’liq  bo’ladi. 

Bemorlar  to’sh  orqasida,  xanjarsimon  o’siq  sathida,  to’sh  ostida,  qovurg’alar 

ostidagi  achishtiradigan  yoki lo’qillagan og’riqdan shikoyat qiladilar,  bu  og’riq 

yurak, kuraklar yoki chap elkaga beriladi. 



 

243 


Aksariyat  bemorlarni  terapevtlar  stenokardiya  kasalligi  bo’yicha  kuzatib 

boradilar.  Og’riq  bemor  gorizontal  vaziyatda  bo’lganda  va  jismoniy  xarakat 

qilganda,  gavdasini  oldinga  engashtirganda,  ya’ni  me’da-qizilo’ngach  reflyuksi 

oson  sodir  bo’lganda  kuchayadi.  Og’riq  vaqtida  bemorlarda  kekirish,  zarda 

bo’lishi va qayt qilish kuzatiladi. Vaqt o’tishi bilan bemorlarda disfagiya paydo 

bo’ladi,  ko’pincha  u  o’zgaruvchan  xarakterga  ega  bo’ladi  va  qizilo’ngachning 

peptik strikturasi rivojlanganda doimiy tus oladi. 

Ko’proq  uchraydigan  simptomi  qon  ketishi,  odatda  u  yashirin  bo’ladi, 

kamdan-kam qirmizi-qizil yoki kofe quyqasi rangidagi qayt qilish, qora rangdagi 

qatronsimon  najas  belgilari  bilan  namoyon  bo’ladi.  Anemiya  (kamqonlik) 

kasallikning birdan-bir alomati bo’lishi mumkin. 

Qon ketishi diapedez yo’li bilan peptik ezofagitda eroziyalar va yaralardan 

sodir  bo’lishi  mumkin.  Diafragma  qizilo’ngach  teshigi  churralariga  diagnoz 

qo’yishda  kontrast  moda  yordamida  bajarilgan  rentgenologik  tekshiruv  hal 

qiluvchi  ahamiyatga  ega  bo’ladi.  Tekshirish  bemorni  vertikal  va  gorizontal 

vaziyatida, ba’zan esa ko’rsatmaga qarab Trendelenburg vaziyatida o’tkaziladi. 

Sirpanuvchan  churralarda  me’da  kardial  bo’limi  shilliq  pardasi 

burmalarining  diafragmadan  yuqorigacha  davom  etishi,  qizilo’ngachning 

qisqargan-qisqarmaganligi,  Gis  burchagining  ochiqligi,  qizilo’ngachning 

me’daga  balandroqda  o’tishi,  gaz  pufagi  hajmining  kichrayishi,  me’dadan 

qizilo’ngachga  kontrast  modda  reflyuksi  qayd  qilinishi    muhim  diagnostik 

omillardan  hisoblanadi.  Kardiyaning  diafragma  ustida  joylashuvi,  diafragma 

qizilo’ngach  teshigi  kardial  churrasining  patognomonik  belgisi  hisoblanadi. 

Ezofagoskopiya  qizilo’ngachning  uzunligini  aniqlashga,  ezofagit  belgilarining 

og’ir  yoki  engilligiga  baho  berishga,  kardiya  etishmovchiligi  darajasini 

aniqlashga va yara nuqsonlari malignizatsiyasini istisno qilishga imkon beradi. 

Paraezofagial  churralar  fundal,  ichak,  ichak-me’da,  charvi  turlariga 

bo’linadi.  Odatda  bu  holatlarda,  kardiya  joyida  qoladi,  diafragmaning 

qizilo’ngach  teshigi  orqali  esa  qizilo’ngach  yaqinida  me’da  va  ichaklarning 

ko’ks oralig’iga surilishi ro’y beradi. Sirpanuvchan churralardan farqli ravishda 




 

244 


paraezofagial  churralarda  qisilishining  rivojlanish  ehtimoli  ko’proq  bo’ladi. 

Paraezofagial  churralarda  klinik  manzara  churraning  turi  va  ichidagi  tarkibiy 

qismiga,  atrofdagi  a’zolarning  surilish  darajasiga  bog’liq  bo’ladi.  Bunda 

kardiyaning yopish faoliyati buzilmagan bo’ladi. Me’da-ichak yoki yurak-o’pka 

a’zolari faoliyatining buzilishiga shikoyatlar ustunlik qilishi mumkin. Ko’pincha 

me’daning  ko’krak  bo’shlig’iga surilishi  sodir  bo’ladi,  bunda  epigastral sohada 

va  to’sh  orqasida  ovqatlanishdan  so’ng  disfagiya,  kekirish  va  undan  so’ng 

og’riqlar  vujudga  keladi.  Churra  qisilganda  esa,  keskin  og’riq,  qon  aralash 

qusish kuzatiladi. 

Me’dani  kontrast  modda  bilan  to’ldirilib  o’tkaziladigan  rentgen 

tekshiruvida,  kardiyaning  diafragmaga  nisbatan  joylashuvi  aniqlanadi. 

Me’daning ko’krak qafasiga surilgan qismi holati va uning qizilo’ngach hamda 

kardiyaga o’zaro munosabati o’rganiladi. Hozirgi vaqtda diafragmal churralarini 

diagnostika qilishda UTT, KT va MRTdan keng foydalanilmoqda. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin