kontsentratsiyasiga bog’liq. Refleks tarzida tezda qayt qilish tufayli yutilgan
suyuqlik miqdori odatda unchalik ko’p bo’lmaydi, biroq og’iz, qizilo’ngach va
me’daning qattiq kuyib qolishi sodir bo’lishi uchun bir necha tomchi kuchli
261
Shilliq parda giperemiyasi va shishdan keyin tezda qizilo’ngach devori
nekrozi sodir bo’ladi. Nekrozlangan qismlar mayda-mayda zarralar va yirik
bo’laklar holida kuygan to’qimadan ko’chib tusha boshlaydi. Ayrim hollarda
yara hosil bo’lishi yuza, boshqa hollarda chuqur bo’ladi. Shilliq pardaning yuza
zararlanishlari birmuncha tez epiteliylanadi. Chuqur zararlanishlari esa
granulyatsiya va biriktiruvchi to’qima hosil qilib bitadi, yaralanish 8-10
kungacha saqlanib qoladi.
Yaralar juda sekin bitadi. Rivojlanayotgan biriktiruvchi to’qima asta-sekin
(2-6 oy ichida) chandiq (yamoq) hosil qiladi va bujmayadi. Agar shikastlanish
shilliq parda bilangina chegaralanib qolgan bo’lsa, qizilo’ngach bo’shlig’i
toraymagan holda yuza chandiq hosil bo’ladi. Shilliq parda osti qavati va
mushak qavati zararlanganda sklerozlangan, juda zich (Van Gekker bo’yicha
qadoqsimon bujmayish), chuqur chandiqli to’qima hosil bo’ladi. Chandiqning
ichki yuzasi notekis, rangsiz, ba’zan yara chaqasi bor. Chandiqli to’qimaning
bujmayishi bir necha haftaga cho’ziladi.
Qizilo’ngachning chandiqli o’zgarishlari, odatda, fiziologik toraymalar
sathida: aksariyat o’rta (bronx-aortal) torayish sohasida, so’nrpa qizilo’ngachga
kirish qismida yoki diafragmal teshik sohasida hosil bo’ladi.
Shunday qilib, kuyishda patologik o’zgarishlarning shartli ravishda 4
bosqichini farq qilish mumkin: 1) shilliq parda giperemiyasi va shishi; 2) nekroz
va yara hosil bo’lishi; 3) granulyatsiya; 4) chandiqlanish.
Dostları ilə paylaş: