Enteral zond orqali ozuqalantirishning (EZOO) uslubi.
Tajribalarimiz shuni ko’rsatdiki, o’tkir peritonitli bemorlarda test
sinamalarini o’tkazish natijalari operatsiyadan keyin 3-sutkada nafaqat ichak
xarakati aktivligini, balki uning hazm qilish va so’rish qobiliyatining ham
tiklanganini ko’rsatdi. Ichakning birinchi tuzli ozuqa moddalariga nisbatan
so’rish faoliyatining tiklanishi, bosqichli EZOO o’tkazishning ma’qulligini
ko’rsatdi (124-rasm).
124-rasm. EZOO uchun ichak intubatsiyasi.
Bu avvaliga tuzli ozuqa moddalari aralashmasi (operatsiyadan keyingi 3-
sutkada),
so’ngra
esa
yuqorida
keltirilgan
muvozanatlangan
ozuqa
aralashmalaridan (4, 5 va 6-sutkalar) foydlanib, keyinchalik esa, 6, 7-sutkalarda
zondni olib tashlab va oral (og’iz orqali) ovqatlantrishga o’tishni ko’zda tutadi.
Tekshirishlarning natijalari peritonitni kompleks davolashda mos
ravishdagi ID, IL va EZOO bilan birga olib borilsa, gomeostaz buzilishlarining
birmuncha barvaqt tiklanishiga, me’da va ichak faoliyatlarining erta izga
tushishiga, operatsiyadan keyingi asoratlar va o’lim darajasini keskin
kamaytirishga imkon beradi.
575
Olib borilayotgan muolajalar samaradorligini yanada kuchaytirishda xos
arteriyaga kateter qo’yib, u orqali uzoq davom etadigan (davomli) muolaja
o’tkazish va porta venasiga kateter o’rnatib muolajalar o’tkazish maqsadga
muvofiq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |