Porta (qopqa, darvoza) venasiga qo’yilgan kateter orqali muolaja
(PVQKOM) usulidan ham, keyingi yillarda o’tkir yiringli peritonitli
bemorlarda anchagina mualliflar (B.V. Petrovskiy, 1986, A.P. Sedov, 1989,
Sh.I. Karimov, A.A.Asrorov, 1996) muvaffaqiyatli foydalanganlar (126-
rasm, a va b).
a
b
126-rasm. Kindik venasini bujlash va kateter orqali muolaja.
O’tkir tarqalgan peritonitning og’ir turlari bo’lgan bemorlarda yuqorida
ko’rsatib o’tilgan muolajalardan tashqari, organizmni detoksikatsiya qilish
uchun quyidagi ekstrakorporal detoksikatsiya usullaridan foydalanish mumkin:
enterosorbtsiya, ko’krak limfatik yo’lini drenajlash, limfosorbtsiya, UFO,
plazmaferez, ksenosorbtsiya va GBO.
O’tkir peritonitda prognoz ko’p jihatdan peritonitni chaqirgan asosiy
kasallik tabiatiga, operatsiyaning o’z vaqtida bajarilganiga, olib boriladigan
muolajaning muvofiqligiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |