Xirurgik kasalliklar


Ginekologik  peritonitlar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə361/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   363
Ginekologik  peritonitlar:  nospetsifik  va  spetsifik  peritonit  turlari  tafovut 

qilinadi.  Nospetsifik  peritonit  bachadon  ortiqlarining  yallig’li  o’smasi, 

parametriy  abstsessi,  tuxumdonning  yiringlangan  kistasi  qorin  bo’shlig’iga 

yorilganda  paydo  bo’ladi.  Diagnostika:  tug’ruqdan  keyingi  davrda  va 

kasalxonadan  tashqari  holatda  qilingan  septik  abortdan  keyin,  infektsiya 

(metroendometrit,  metrotromboflebit)  bachadondan  limfogen  yoki  gematogen 

yo’llar  orqali  rivojlanadigan  ginekologik  peritonitlar  eng  ko’p  qiyinchilikka 

sabab  bo’ladi.  Peritonitning  paydo  bo’lishini  yana  bir  ehtimoliy  sababi  – 

bachadon  va  qinning  jarohatlari  (bachadon  perforatsiyasi  yoki  yirtilishi,  ochiq 

jarohati  va  b.),  mikrofloraning  qorin  bo’shlig’iga  tushishi  hisoblanadi.  Bunda 

yallig’lanish jarayoni kichik chanoq bo’shlig’ini qamrab olgach, pelvioperitonit 

deb  atalgan  kasallikni  chaqirishi  va  qorin  pardasining  katta  qismiga  o’tishi 

oqibatida  tarqalgan  peritonit  kelib  chiqishi  mumkin.  Ginekologik  tarqalgan 

peritonit,  infektsiyaning  boshqa  ko’p  uchraydigan  joylaridagi  peritonit  kabi 

kechadi.  Pelvioperitonit  nisbatan  xavfsiz  kechadi.  Kasallikning  boshlanishidagi 

qorin  pastidagi  simillagan  og’riqlar,  oldingi  qorin  devorining  taranglashishi, 

yuqori xarorat jadal antibiotikoterapiya ta’siri ostida bir vaqt o’tgach kamayadi, 

ekssudat  so’rilishga  moyil  bo’ladi,  sog’ayish  boshlanadi.  Pelvioperitonit  avj 

olganda  og’riqlar  tobora  kuchayib  boradi,  yiringli  intoksikatsiya  belgilari, 



 

578 


yaqqol  gipertermiya  holati  paydo  bo’ladi.  Bu  holda  xirurgik  davolash 

o’tkaziladi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   355   356   357   358   359   360   361   362   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin