2. Ozuqa aralashmalarining optimal tarkibini tanlash. Enteral muhit
doimiyligini inobatga olgan holda, qisman ishlov berilgan ozuqa moddalarini
tanlash maqsadga muvofiq bo’lar edi. Shularni inobatga olib, o’tkir peritonitli
bemorlarda EZOO uchun ovqat aralashmalariga qo’yiladigan talablar
quyidagicha bo’ladi:
enteral muhit tarkibining doimiyligi,
ingredientlarni oldindan gidrolizlangan bo’lishi,
osmotik bosimning so’rilishga mos bo’lishi (300-500 mosm. atrofida),
energetik qimmatining yuqori darajada bo’lishi.
Ushbu talablarga, bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan muvozanatlangan
polielementli ozuqa moddalari misol bo’la oladi (121-rasm).
121-rasm. EZOO uchun muvozanatlangan polielementli ozuqa moddalari.
|