Xirurgik kasalliklar


Qorin lavaji va peritoneal dializ



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə351/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   363
Qorin lavaji va peritoneal dializ 

Qorin  lavaji  (qorin  bo’shlig’i  a’zolarini  yuvish)  deganda,  qorin  bo’shlig’i 

va  undagi  a’zolarni  antiseptik  eritmalar  yoki  fiziologik  eritma  bilan  yuvish 

nazarda tutiladi. Peritoneal dializ esa, maxsus tayyorlangan elektrolitlar eritmasi 

yordamida  yuvish,  hamda  qorin  parda  orqali  elektrolitlarning  organizmga 

so’rilishi  nazarda  tutiladi.  Bu  ikkala  usulni  uzluksiz  (oqib  turadigan)  yoki 

fraktsion  usulda,  yuvuvchi  eritmalar  tarkibiga  albatta  antibiotiklar  va  novokain 

eritmasi  qo’shilgan  tarzda  bajarish  mumkin.  Agarda  qorin  lavaji  jarayonida 

furatsillin, rivanol yoki fiziologik eritmalar bilan o’tkazilsa, peritoneal dializni – 

Petrov,  Ringer,  Ringer-Lokk,  Simonyan,  TSOLIPK,  Darrou  I  va  II  elektrolit 

eritmalari bilan o’tkaziladi.  

Qorin lavajini qo’llash g’oyasi S.T. Rozenakka (1926) tegishli bo’lib, sobiq 

Ittifoqda  o’tkir  peritonitlarda  qo’llashga  tavsiyalarni  birinchi  bor  A.N.  Filatov 

(1958)  ilgari  surdi.  Klinik  amaliyotda  esa,  uni  X.G’.  G’afurov  (1957)  va  K.S. 

Simonyan  (1964)  qo’lladilar.  Tarqalgan  peritonitni,  ayniqsa  uning  og’ir 

bosqichlarida kompleks  davolashda  ko’pgina  mualliflar  (K.S.  Simonyan, 1971; 




 

564 


V.S.  Mayat  hammualliflari  bilan,  1974;  B.D.  Savchuk,  1979;  A.A.  Shalimov 

hammualliflari bilan, 1982) qorin lavaji yoki peritoneal dializni qo’llashga katta 

ahamiyat  bergan  bo’lsalar  ham,  hozirgi  kungacha  uni  qo’llash  usullarida, 

o’rnatiladigan drenajlar soni va turlari, eritmalarni kiritish usullari, sarflanadigan 

eritmalar  miqdori  va  tarkibi,  shuningdek  uni  o’tkazish  muddatlari  hozirgacha 

qizg’in munozaralarga sabab bo’lib kelmoqda. 

Peritoneal dializ yoki lavaj o’tkazish qo’yidagilarga imkon beradi:  

 



 qorin  bo’shlig’idan  ekssudat,  yiring,  qon  ivindilari,  fibrinlarning  tezda 

yuvilib ketishiga, bu intoksikatsiyani kamaytirishga imko beradi, 

 

 dializat takibi va turini o’zgarish hisobiga organizmda suv va elektrolitlar 



muvozanatini tartibga solishga, 

 



 qorin bo’shlig’iga zarur miqdorda antibiotik va boshqa dorilarni bevosita 

kiritishga, 

 

 qorin bo’shlig’idan boradigan reflekslarni bartaraf etish uchun (blokada) 



novokain kiritishga, 

 



 sovitilgan  dializat  yuborish  yuli  bilan  qorin  bo’shlig’ida  mahalliy 

gipotermiya holatini yuzaga keltirishga, 

 

 dializatga  geparin  qo’shib  yuborish  yo’li  bilan  bitishmalar  rivojlanishini 



oldini olishga, 

 



 azotli  chiqindilarni  (shlaklar:  mochevina,  kreatinin  va  b.)  organizmdan 

chiqarilishiga. 

Klinikamizda o’tkazilgan ko’pgina tadqiqotlarga tayangan holda, tarqalgan 

yiringli  peritonitlarda  operatsiyadan  keyingi  dastlabki  4-5  sutka  mobaynida 

fraktsion  usul  bilan  peritoneal  dializning  o’tkazilishi  maqsadga  muvofiq 

ekanligiga  ishonch  hosil  qiladik.  Peritoneal  dializ  jarayonida  qon  plazmasining 

elektrolit tarkibiga mos elektrolitlar eritmasini qo’llash, yoki undagi  K

+

 ionlari 



miqdori  oshirilgan  eritmalar  qo’llash,  suv-elektrolitlar  almashinuvini  tiklovchi 

optimal vosita hisoblanadi. Qorin bo’shlig’ini dializat bilan bir tekisda yuvish va 

adekvat  dializ  o’tkazish  uchun,  biz  qorin  bo’shlig’ini  drenajlashning  qo’yidagi 

original uslubini taklif qildik (119-rasm). 




 

565 


Tarqalgan  yiringli  peritonitning  og’ir  turlarida  qorin  bo’shlig’i  a’zolarini 

to’la qimmatli (adekvat) yuvish uun operatsiyadan keyingi davrining birinchi 3 

sutkasigacha  10-12  litr,  4-sutkada  8-10  l  va  5-sutkada  6-7  l  dializat  sarflash 

kifoya  qiladi.  Bunda  yuvindi  suvlar  va  ularning  elektrolit  tarkibini  har  kuni 

bakteriologik  va  biokimeviy  nazorat  qilib  turish  zarur.  Gomeostaz  va 

gemodinamika buzilishlarini o’z vaqtida korrektsiya qilish uchun, har 2-3 soatda 

puls  tezligi,  TSVD,  AQB  ni  aniqlash,  shuningdek  qon,  siydik  va  qorin 

bo’shlig’idan chiqadigan yuvindi suvlarni biokimeviy tekshirishlardan o’tkazish 

(Na

+

,  K



+

,  Ca


2+

  ionlari  miqdori,  gematokrit,  qoldiq  azot,  mochevina,  kreatinin, 

umumiy oqsil va b.) lozim bo’ladi. 

 

 



119-rasm. Qorin bo’shlig’ini drenajlash sxemasi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin