Yallig’lanish kasalliklari
O’tkir mediastenit – ko’ks oralig’i kletchatkasining o’tkir yiringli
yallig’lanishi. Uning paydo bo’lishiga, aksariyat hollarda ko’ks oralig’ining
ochiq jarohatlari, o’tkir uchli yot jismlar vositasida teshilishi, kimyoviy
moddalar ta’sirida kuyishi, ba’zan esa asbob-uskunalari yordamida tekshirishda
jarohatlanishi yoki bo’yinning chuqur flegmonasining tarqalib ketishi sabab
bo’ladi.
Klinik manzarasi. O’tkir mediastenit umumiy va mahalliy simptomlarning
jadal rivojlanishi bilan xarakterlanadi. Kasallik haroratning birdaniga 39-40°S
darajagacha ko’tarilishi, gektik xarakterdagi isitma, et junjikishi, kuchli terlash
bilan boshlanadi. Shu holatda nafas qisishi, tsianoz, taxikardiya erta boshlanadi,
arterial qon bosimi pasayadi, og’ir intoksikatsiya belgilari namoyon bo’ladi.
Bemorlar odatda ko’krak va bo’yin sohasidagi tortishadigan sanchiqli kuchli
og’riqlarga shikoyat qiladilar. Bo’yinni egish va to’g’rilashda, boshni yon
tomonlarga burishda, ko’krakni bosishda og’riq kuchayadi. Bemorlar majburiy
holatni egallaydilar (boshini oldinga qilib qaddini baland qo’yib yotadilar).
Qizilo’ngach, bronxlar teshilganda mediastinal, so’ngra esa teri osti emfizemasi
vujudga keladi. Qon tahlilida yuqori leykotsitoz, leykoformulaning chapga
71
siljishi, EChTning oshganligi ma’lum bo’ladi. Rentgenogrammalarda ko’ks
oralig’i ko’lankasining kengayganligi, ichi bo’sh a’zolar teshilganda esa, ko’ks
oralig’ida gaz borligi qayd etiladi.
Davolash: Muolaja tadbirlarini o’tkazish bilan birga jarrohlik amaliyoti
(operatsiya) qo’llaniladi. Bundan maqsad infektsiya manbaini bartaraf etish,
ko’ks oralig’ini antiseptik eritmalar bilan doimiy yuvib turish uchun qo’sh
bo’shlig’li silikon naychalar bilan adekvat drenajlashdan iborat. Muolaja
tadbirlari bakteriologik tekshiruvlar tahlili va nazorati ostida antibakterial
muolaja, diurez stimulyatsiyasi bilan birga detoksikatsion infuzion muolaja,
hamda
bemorning
immunologik
holatini
quvvatlaydigan
muolajalar
o’tkazishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |