uchraydi. Ular orasida sovuq (o’tkir) qurol zarbidan vujudga kelgan kesilgan
yoki chopilgan jarohatlar ustunlik qiladi. Perikard va yurak yaralanishlari
aksariyat, boshqa a’zolar, ko’proq esa o’pkaning shikastlanishi bilan birga
79
17-rasm. Yurak jarohatini tikish (sxematik tasvir).
Klinikasi va diagnostikasi. Yurak yaralanganda, yumshoq to’qimalari
jarohati ko’pincha quyidagi chegaralarda: yuqoridan – III qovurg’a, pastdan –
qovurg’alar osti va to’sh osti sohasi, chapdan – o’rta qo’ltiq chizig’i, o’ngdan –
parasternal chiziqda joylashgan bo’ladi. Bemorlar ko’rquv, xavotirlik hissi,
bezovtalik, ko’krakda siqilish sezgisi, bosh aylanishi, behollik, havo etishmasligi
va nafas olishning qiyinlashuvi sezgisi, bo’yinga, chap elkaga, qo’ltiq sohasiga
o’tadigan og’riqdan shikoyat qiladi. Rangi-ro’yi oqaradi, sovuq ter bosadi,
hushdan ketish va shunga yaqin xolat yuzaga keladi. Ahvolning og’irligi faqat
qon yo’qotishgagina emas, balki birinchi galda o’tkir yurak tamponadasiga
(yurakning perikard bo’shlig’iga quyilgan qondan bosilishi) bog’lik bo’ladi.
O’tkir yurak tamponadasi Bek triadasi bilan namoyon bo’ladi, arterial bosim
keskin pasayib, ba’zan puls paradoksal bo’ladi. Markaziy venoz qon bosimi tez
va birmuncha ortadi, rentgenoskopiyada yurak soyasi pulsatsiyasi aniqlanmaydi,
auskultatsiyada yurak tonlarining keskin sustlashuvi namoyon bo’ladi.
Rentgenogrammalarda yurak soyasi kengaygan, trapetsiya yoki shar shakliga
o’xshaydi. Gemoperikard borligi EKG tishchalari voltaji pasayishiga olib keladi.
Davolash. Perikard punktsiyasi va undagi qonni aspiratsiya qilish, yurak
tamponadasi rivojlanayotgan hollarda birinchi yordam ko’rsatishning ta’sirchan
chorasi bo’lib, bemorni ixtisoslashgan davolash muassasasiga transportda
etkazish uchun zarur vaqtni yo’qotmaslik imkonini beradi. Yurak yaralangan
degan tashxis qo’yilganda yoki unga shubha bo’lganda, yo’qotilgan qon o’rnini
80
to’ldirish, gomeostaz buzilishlarini korrektsiya qilishni o’z ichiga olgan samarali
reanimatsion tadbirlar o’tkazish bilan birga shoshilinch jarrohlik amaliyoti
bajariladi. Bunda qovurg’alararo torakotomiya kesmasi qo’llanilib, perikard
ochiladi, yurak jarohatini barmoq bilan bosib turib qon oqishi vaqtincha
to’xtatiladi, hamda perikard bo’shlig’i qon ivindilaridan tozalanadi. So’ngra,
yurak jarohatlari so’rilib ketmaydigan iplar bilan, П-simon choklar qo’yilib
tikiladi. Perikardga esa, siyrak choklar qo’yilib, uning bo’shlig’iga kattaroq
diametrli (6-8 mm) drenaj naycha qo’yiladi. Mabodo amaliyot jarayonida yurak
to’xtab qolsa, yurak bo’shlig’iga adrenalin yuborilib, to’g’ridan-to’g’ri massaj
qilinadi. Qorinchalar fibrillyatsiyasida defibrillyatsiya amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: