Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   363
 

Fallo tetradasi 

Ushbu  xastalik  1888  yilda  frantsuz  patologoanatomi  Fallo  tasvirlagan 

to’rtta doimiy belgilar bilan kuzatiladi: 

1. O’pka arteriyasi torayishi. 

2. Qorinchalararo to’siqning yuqori nuqsoni. 

3. Aortaning o’ng tomonga surilishi. 

4. O’ng qorincha gipertrofiyasi. 

Fallo  tetradasida  gemodinamikaning  buzilishi  o’pkaga  qon  tushishining 

kamayishi va venoz qonni o’ng qorinchadan aortaga o’tishidan iborat bo’ladi. 

Klinikasi  va  diagnostikasi.  Kasallikning  dastlabki  alomatlari  bola 

tug’ilgandan  keyingi  dastlabki  soatlarda  uning  qichqirishi  va  emishi  vaqtida 

engil  tsianoz  ko’rinishida  yuzaga  chiqadi. Keyinchalik,  tsianoz va nafas qisishi 

birmuncha  yaqqol  namoyon  bo’ladi  va  1-2  yoshga  kelib  doimiy  tusga  kirib, 

hatto  bola  tinch  turganida  ham  yo’qolmaydi.  Katta  yoshdagi  bemorlar  nafas 

qisishi, tez charchash, bosh og’rig’i, jismoniy ishga layoqatsizlikdan noliydilar. 

Aksariyat  bemorlar  o’rindan  turolmay  yotadilar.  Ahvol  tobora  yomonlashadi. 

Bemorlarning  teri  qoplamlari  ko’kimtir  tusga  kiradi,  barmoq  bilan  bosib 

ko’rilganda,  shu  joyda  asta-sekin  yo’qoladigan  oqimtir  dog’  qoladi.  Ko’pincha 

bemor badanida, o’rta darajada kengaygan venalar ko’rinib turadi, ular ko’krak 

qafasi sohasida va bosh suyagi ustida ayniqsa yaqqol ko’zga tashlanadi. Tirnoq 

falangalari  nog’ora  tayoqchalari  ko’rinishiga  kiradi.  Mushak  sistemasi  sust 

rivojlanadi. Ko’zdan kechirilganda aksari «yurak bukrisi» ko’rinadi.  

Auskultatsiyada  yurak  cho’qqisida  I  tonning  qisqarganligi  va  o’pka 

arteriyasi  II  ton  sustlashganligi  aniqlanadi.  II-III  qovurg’alar  orasida  to’sh 

suyagining chap chekkasida sistolik shovqin eshitiladi. 

Qon  analizlarida  eritrotsitlar  miqdori  6-10  12/l  gacha  va  gemoglobin 

miqdori 130-150 g/l gacha ko’paygan. 




 

82 


Fonokardiogrammada o’pka arteriyasi ustida shovqin, nuqson sohasi ustida 

va qorinchalararo to’siqda shovqin qayd etiladi. 

Rentgenologik  tekshiruvda  quyidagilar  aniqlanadi:  yurak  bir  me’yorda 

kengaygan,  yurak  beli  yaxshi  bilinadi,  cho’qqisi  yuqoriga  siljigan.  O’pka 

arteriyasi  sathidagi  kontur  yassi  va  ichiga  botgan;  aortaning  yuqoriga 

ko’tariladigan  qismi  va  ravog’i  kengaygan;  o’pkaning  tasviri  xiralashgan, 

ildizlari soyasi kamaygan bo’ladi. 

Yurakni  zondlashda  kateter  bevosita  o’ng  qorinchadan  aortaning  yuqoriga 

ko’tariladigan  qismiga  o’tadi.  O’ng  qorinchaga  kontrast  yuborilganda  ayni 

vaqtda o’pka arteriyasi va yuqoriga ko’tariladigan aorta to’ladi, o’pka arteriyasi 

stenozi aniqlanadi (18-rasm). 

 

 



 

18-rasm. Fallo tetradasi  (kontrast modda o’ng qorinchaga yuborilgan). 

 

Davolash:  faqat  jarrohlik  usuli  qo’llaniladi.  Fallo  tetradasida  jarrohlik 

amaliyotlari palliativ va radikal bo’lishi mumkin. 

Palliativ  jarrohlik  amaliyotlari  aorta  bilan  o’pka  arteriyasi  o’rtasida 

tutashma  (yo’l)  xosil  qilinib,  kuchsiz  arterilizatsiyalangan  qonning  aortadan 

o’pka arteriyasiga, toraygan qismini chetlab o’tib, tushishi ta’minlanadi. Radikal 

jarrohlik  amaliyotlari  o’pka  arteriyasi  stenozini  bartaraf  etish,  qorinchalararo 

to’siq  nuqsoniga  yamoq  solishdan  iborat  bo’ladi.  Shunday  yamoq  chiqish 



 

83 


bo’limining ehtimol tutilgan torayishini bartaraf qilish maqsadida o’ng qorincha 

devori  kesmasiga  tikiladi.  Eng  ko’p  tarqalgan  amaliyotlarga  Blelok-Tausig 

jarrohlik amaliyoti kiradi (19-rasm).  

 

 



 

19-rasm. O’mrov osti va o’pka arteriyasi anastomozi. 

Bunda  o’ng  o’mrov  osti  arteriyasi  va  o’pka  arteriyasini  o’ng  tarmog’i 

orasida  anastomoz  qo’yiladi.  Odatda,  radikal  operatsiyadan  oldin  birinchi 

bosqichda palliativ usul qo’llaniladi. 

 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin