stenozi qonni chap qorinchadan katta qon aylanish doirasiga o’tishiga to’sqinlik
dilatatsiyasiga va chap qorincha etishmovchiligining rivojlanishiga olib keladi.
89
Gemodinamikadagi buzilishlar birinchi navbatda koronar va tserebral qon
aylanishi buzilishida namoyon bo’ladi.
Klinikasi va diagnostikasi. Nafas qisishi, tezda charchab qolish, yurak
astmasi xurujlari, stenokardiyaga xos og’riqlar, bosh aylanishi, hushdan ketish
kuzatiladi. Ob’ektiv tekshirishda chuqqi turtkisining kuchayishi va chapga
siljishi, aorta proektsiyasida dag’al sistolik titrash aniqlanadi. O’ng tomonda II
kovurg’alar orasida bo’yin tomirlariga o’tadigan sistolik shovqin eshitiladi. Puls
to’liqligi va tarangligi kuchsiz. Sistolik bosim pasaygan.
EKG da levogramma, miokard ishemiyasi belgilari. Rentgenologik
tekshirish yurakning gipertrofiyasi va kattalashgan chap qorinchasi bilan tipik
aortal konfiguratsiyasini aniqlaydi.
Angiokardiografiya torayish joyi va o’lchamlarini aniq belgilash, chap
qorincha bilan aorta o’rtasidagi bosim gradientini aniqlashga imkon beradi.
Davolash – faqat jarrohlik usuli, simob ustuni hisobida 30 mm dan
oshadigan bosim gradientida bajariladi. Operatsiya sun’iy qon aylanish yoki
gipotermiya sharoitlarida stenozni bartaraf etishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: