Klinikasi va diagnostikasi. Ushbu xastaligi bor bolalarda, ko’pincha
jismoniy o’sib etilmaganlik qayd qilinadi. Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi,
yurak urishi xurujlari, odatdagi jismoniy xarakatda tez charchab qolishdan
iborat. Bemorlar nafas yo’llarining yallig’lanish kasalliklariga oson beriluvchan
bo’lib qoladilar.
Ob’ektiv tekshirishda teri qoplamlari va shilliq pardalarning rangparligi,
cho’qqi turtkisining kuchayishi, yurak “bukriligi” borligi qayd qilinadi.
Auskultatsiyada to’sh suyagidan chaproqda, II qovurg’alar orasida o’pka
arteriyasi ustida sistolik shovqin eshitiladi.
Rentgenologik tekshiruvda yurak o’ng qorinchasi va bo’lmachasi,
shuningdek o’pka arteriyasi va uning tarmoqlarida kengaymalar ko’rinib turadi.
Exokardiografik skanerlash – yurak o’lchamlaridagi o’zgarishlarni, yurak
bo’lmachalararo to’siqning paradoksal harakatini ko’rsatib beradi.
Yurak zondlanganda bosimning oshganligi, yurakning o’ng bo’limlarida va
o’pka arteriyasida qonning kislorodga to’yinganligi qayd etiladi. Kateter nuqson
orqali o’ng bo’lmachadan chap bo’lmachaga o’tishi mumkin.
Davolash – faqat jarrohlik usulda. Tug’ma nuqsonlarni 4-8 yoshda bartaraf
etgan ma’qulroq. Operatsiya sun’iy qon aylanish yoki sun’iy gipotermiya
sharoitlarida bajariladi. Kichikroq nuqsonlar tikib quyiladi, 1-2 sm dan ortiq
nuqsonlarda sintetik yamoq solinadi.
Dostları ilə paylaş: |