Klinikasi va diagnostikasi. Asosiy shikoyatlar: nafas qisishi (jismoniy
xarakat vaqtida kuchayadi), yurakning tez-tez urishi, tez charchash, bolaning
rivojlanishdan orqada qolishi. Ko’zdan kechirishda yurak “bukriligi”, to’shning
chap chekkasida II qovurg’alar orasi paypaslab ko’rilganda sistolik titrash
aniqlanadi. Perkutor tekshiruvda yurak o’lchamlarining o’ngga kattalashgani
aniqlanadi. Auskultatsiyada – to’shning chap chekkasi bo’ylab II qovurg’alar
orasida maksimal jaranglaydigan dag’al sistolik shovqin eshitiladi.
EKG da o’ng qorincha gipertrofiyasi belgilari ko’rinadi. Rentgenologik
manzara o’ng qorincha gipertrofiyasi, o’pka arteriyasining klapanlardan yuqori
ko’tarilishi, o’pka arteriyasi periferik tarmoqlari bo’shlig’ining torayishi bilan
ta’riflanadi.
Yurak zondlanganda o’ng qorinchada bosimning oshishi kuzatiladi. O’pka
arteriyasida bosim normal yoki bir oz pasaygani holda, u simob ustuni hisobida
– 300 mm ga etishi mumkin.
Davolash – faqat jarrohlik usuli. Qon aylanishi to’xtatib quyilgan sharoitda
stenozni bartaraf etish jarrohlik amaliyotlari o’tkaziladi.
Dostları ilə paylaş: |