paresteziyasi va sovqotishidan shikoyat qiladilar. Oyoq arteriya qon tomirlarida
puls bo’lmaydi. Qo’l arteriyalarida arterial bosim oshgan, oyoq arteriyalarida
90
esa aniqlanmaydi yoki birmuncha pasaygan. Bemor ko’zdan kechirilganda
qovurg’alararo arteriyalar pulsatsiyasi, ularning ustida koarktatsiya joyi sohasida
sistolik shovqinni aniqlash mumkin.
Rentgenogrammalarda chap qorincha konturlarining kengayganligi qayd
qilinadi, birinchi va ikkinchi ravoqlar konturlari 3 raqamini eslatadi.
Angiokardiografiya – aorta toraygan joyini, shaklini, o’lchami va darajasini
aniqlash imkonini beradi.
Davolash – faqat jarrohlik usuli. Jarrohlik amaliyotlari aortaning toraygan
qismini rezektsiya qilish va «uchma-uch» anastomoz qo’yishdan iborat.
Uzaygan torayish bo’lgan hollarda aortaning rezektsiya qilingan qismi sintetik
protez bilan almashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: