Aorta koarktatsiyasi
Aorta koarktatsiyasi – aorta bo’shlig’ining chegaralangan tug’ma
torayganligi. Torayish ko’pincha chap o’mrov osti arteriyasi chiqadigan joydan
pastroqda, aorta ravog’ining pastga tushadigan ko’krak aortasiga o’tadigan
joyida joylashadi. Aortada toraygan joydan yuqorida qon bosimi oshadi, chap
qorincha gipertrofiyaga uchrab, keyin dekompensatsiya xolati paydo bo’ladi.
Bosh miya qon tomirlari havzasida gipertenziya, tserebral buzilishlar sifatida
namoyon bo’ladi. Arterial sistemada bosim koarktatsiyadan pastda birmuncha
pasaygan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |