Mitral klapan stenozi
Mitral teshikning torayishi, qonni chap bo’lmachadan haydash uchun to’siq
bo’lib hisoblanadi. Buning hisobiga, chap bo’lmachada bosim ortadi, bu o’pka
tomirlarida va o’ng qorinchada bosimning oshishiga olib keladi. O’ng
qorinchaga talaygina og’irlik tushishi uch tavaqali klapanning nisbiy
etishmovchiligiga, katta qon aylanishi venoz qismida qonning dimlanishiga,
jigar shishiga va boshqa turdagi shishlarning rivojlanishiga olib keladi.
Klinikasi va diagnostikasi. Mitral stenoz rivojlanishining boshlang’ich ilk
davrida, uning to’liq kompensatsiyasida odatda shikoyatlar bo’lmaydi. Jarayon
avj olib borganida: nafas qisishi, behollik, tez charchab qolish, yurak astmasi
xurujlari, taxikardiya, yurak sohasida og’riq, bosh aylanishi, xushdan ketish
yuzaga keladi. Qon tuflash mitral stenozga xos belgilardan biri hisoblanadi.
Ko’zdan kechirishda bemorning rangpar yuzida o’ziga xos qizillik, burun
uchi, lablarda, quloq suprasida, qo’l barmoqlaridagi tsianoz o’ziga diqqatni
tortadi. Yurak cho’qqisi sohasida ko’krak qafasining diastolik titrashi
aniqlanadi. Auskultatsiyada diastolik shovqin, birinchi va ikkinchi tonda
o’zgarishlar seziladi, bu uch ohang «bedana ritmi» ohangini vujudga keltiradi.
EKGda odatda, yurak o’qi o’ngga siljigan bo’ladi.
Fonokardiografiya baland I tonni, yurak cho’qqisi ustida diastolik
shovqinni, o’pka arteriyasida II ton aktsentini, mitral “chertki” ni qayd qiladi.
Rentgenogrammalarda yurak “beli” ning tekislanganligi, chap bo’lmacha va
o’ng qorinchaning ko’ndalangiga kattalashgani, o’pka arteriyasining bo’rtib
chiqqanligi ko’rinadi. Yurakni zondlashda torayish darajasi aniqlanadi.
Davolash. Davo usulini tanlash bemor ahvolining og’ir-engilligiga,
gemodinamikaning buzilishi darajasiga, revmatik jarayonning kechish
bosqichiga bog’liq.
92
Revmatik jarayon sust kechayotganda uni statsionarda va davomli
antirevmatik davolash yordamida bartaraf etishning iloji bo’lmaganda jarrohlik
amaliyotini bajarishga to’g’ri keladi. Bemor ahvolining og’ir-engilligiga ko’ra
yurak nuqsonlarining besh bosqichi farq qilinadi:
I bosqich – simptomlarsiz, jarrohlik amaliyoti bajarilmaydi.
II bosqich – buzilishlar jismoniy harakatda paydo bo’ladi. Jarrohlik
amaliyoti jarayon avj olishini to’xtatadi va yaxshi natijalar beradi.
III bosqich – buzilishlar tinch turganda ham yuzaga keladi, odatdagi
harakatda orta boradi. Jarrohlik amaliyotini bajarish uchun qulay fursat o’tgan,
biroq uni qilish zarur bo’ladi.
IV bosqich – parenximatoz a’zolarda va yurakda degenerativ o’zgarishlar
bo’ladi. Jarrohlik amaliyotini bajarish muammoga aylanadi.
Tavaqalarda ro’y-rost fibrinoz o’zgarishlar bo’lmaganda va mitral klapan
kaltsinozida yopiq komissurotomiya (24-rasm), asoratlangan hollarda klapanni
protezlash bajariladi (25-rasm).
a b
24-rasm. Barmoq bilan (a) va asbob yordamida (b) komissurotomiya.
93
25-rasm. Mitral stenoz. Mitral tabaqani kesish jarayoni.
Dostları ilə paylaş: |