Mitral klapan etishmovchiligi
Mitral klapan tavaqalarining noto’liq yopilishi sistola vaqtida qonning
qorinchadan bo’lmachaga qayta oqib kelishiga sabab bo’ladi. Chap qorincha
katta miqdordagi qonni doimo itarib turishga majbur bo’ladi. Uning vazifasi
ortadi, unda gipertrofiya va dilatatsiya rivojlanadi.
Klinikasi va diagnostikasi. Nuqsonning bu turida kompensatsiyasida
bemorlar o’zlarini qoniqarli his kiladilar, lablarda tsianoz kuzatilishi mumkin.
Chap qorinchaning qisqarish xususiyati pasayib ketganda nafas qisishi, yurak
urishidan shikoyatlar bo’ladi. Keyinchalik yurak astmasi xurujlari qo’shilishi
mumkin.
Ko’zdan kechirishda yurak turtkisi 3-4 sm gacha oshgan, chapga siljigan.
Auskultatsiyada sistolik shovqin, o’pka arteriyasi ustida II ton aktsenti qayd
qilinadi. Qizilo’ngachni kontrastlab rentgenologik tekshirishda chap qorincha va
bo’lmachaning kattalashuvi aniqlanadi. Rentgenokontrast tekshirish chap
qorinchadan bo’lmagan qon regurgitatsiyasi hajmini, mitral teshik maydonini,
yurak bo’shliqlari va o’pka arteriyasidagi bosimni aniqlashga imkon beradi.
Davolash mitral stenoz bosqichidagi kabi. Kasallikning rivojlanish
bosqichi va mitral etishmovchilik darajasi aniqlanadi. Kasallikning I
bosqichidagi bemorlarga jarrohlik amaliyoti bajarilmaydi. Jarrohlik amaliyoti II
va III bosqichlarda o’tkaziladi. IV bosqichda bemorlar jarrohlik amaliyotini
94
ko’tara olmaydilar, V bosqichda jarrohlik amaliyoti bajarish mumkin emas.
Mitral etishmovchilikning asoratlanmagan turlarida klapanda rekonstruktiv
amaliyotlar bajariladi. Kaltsinoz va fibroz bo’lganda klapan protez bilan
almashtirilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |