Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   363
Aortal yurak nuqsonlari 

Aortal  klapan  stenozi,  etishmovchiligi,  qo’shma  zararlanishlari  farq 

qilinadi.  Bemorlar  nafas  siqishi,  stenokardiyaga  hos  og’riq,  yurak  urishi,  uning 

goh  urib,  goh  to’xtab  qolgandek  bo’lishi,  bosh  aylanishi,  hushdan  ketib 

turishdan  shikoyat  qiladilar.  Ko’zdan  kechirilganda  pastga  va  chapga  siljigan 

yurakning  yuqoriga  ko’tarilib  turadigan  cho’qqi  turtkisi  aniqlanadi.  Aortal 

klapan  etishmovchiligida  hamma  arteriyalar  pulsatsiyasi  kuchayishi,  diastolik 

bosimning  keskin  pasaygani  holda  sistolik  bosimning  oshishi  qayd  qilinadi. 

Aortal  stenozda  aortal  klapan  proektsiyasida  dag’al  sistolik  shovqin  eshitiladi. 

Klapan etishmovchiligida II tondan keyin birdaniga keladigan diastolik shovqin 

eshitiladi.  Rentgenologik  jihatdan  yurak  o’lchamlarining  chap  qorincha, 

yuqoriga ko’tariladigan aorta va uning ravog’i hisobiga kattalashuvi aniqlanadi. 

Yurak  “beli”  yaxshi  ifodalangan.  Yurak  bo’shliqlarini  kateterizatsiya  qilish 

stenoz yoki klapan etishmovchiligi darajasini aniqlash imkonini beradi. 



Davolash.  Kasallikning  II  va  III  bosqichidagi  bemorlar  jarrohlik  usulida 

davo qilinishlari kerak. Alohida stenozda jarrohlik amaliyoti chap qorinchada va 

aortada  bosim  gradienti  30  mm  dan  oshganda  qilinishi  kerak.  Klapandagi 

kuchsiz  o’zgarishlarda  klapan  saqlab  qolinadigan  jarrohlik  amaliyotilarini 

bajarish  lozim.  Qopqoqlar  kuchli  o’zgarishga  uchraganda  –  aortal  klapan 

protezlanadi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin