Seroz perikardit. Perikard bo’shlig’ida yallig’lanish xarakteridagi seroz
yoki seroz-fibrinoz suyuqlik yig’ilishidir. Asosiy simptomlari: to’sh orqasida
kuchli og’riqlar, ular orqaga va elka ustiga o’tadi, nafas siqiladi. Atrofdagi
a’zolarning perikardial ekssudatdan siqilishi sababli yutish qiyinlashadi,
hiqichoq tutadi, ovoz bo’g’iladi. Tekshirib ko’rilganda cho’qqi turtkisi
zaiflashgan, yurak chegaralari kengaygan, yurak tonlari bo’g’iq eshitiladi.
Rentgenologik tekshirishda yurak soyasining kengayganligi, pulsatsiya
pasayganligi qayd etiladi. EKGda asosiy tishchalarning pasayishi aniqlanadi.
Perikard bo’shlig’ida ekssudat tez yig’ilganda yurak tamponadasi rivojlanishi
mumkin, u oshib boradigan taxikardiya, arterial bosimning pasayishi, tsianoz,
o’pka shishi rivojlanishi bilan namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |