Aortokoronar shuntlash amaliyoti texnikasi. Yurak sohasiga odatda o’rta
sternotomiya yo’li bilan kiriladi. Sternotomiyani bajarish bilan birga
jarrohlarning ikkinchi brigadasi boldir yoki sondan katta teri osti venasini –
autovenoz transplantatni oladi. So’ngra aortaning yuqoriga ko’tariladigan qismi
va kovak venalarga naychalar qo’yilib, sun’iy qon aylanish apparatiga ulanadi.
Aortaning yuqoriga ko’tariladigan qismini berkitiladi va sovutilgan kardioplegik
eritma yordamida yurak harakatdan to’xtatiladi. Koronar arteriyalar bilan distal
autovenoz transplantatlar qo’yiladi. So’ngra yuqoriga ko’tariladigan aortadan
qisqich olib qo’yilgach va yurak faoliyati tiklangach yuqoriga ko’tariladigan
aorta bilan autovenoz transplantat proksimal anastomozlar quyiladi.
Amaliyotning oxirida, sun’iy qon aylanish apparati uzib qo’yiladi, aorta va
kovak venalar dekanyulyatsiya qilinadi hamda sternotomik kesma perikard
bo’shlig’iga drenaj naycha qo’yilgach, tikiladi.
Oddiy chiziqli aortokoronar shuntlardan tashqari, bitta koronar arteriya
ikkita sathida zararlanganda «sakrovchi» shuntdan foydalanish mumkin: venoz
transplantat yordamida yuqori torayishni vena bilan arteriya o’rtasida
yonboshidan yonboshiga anastomoz qo’yiladi, birmuncha distal torayishni esa
o’sha transplantat bilan oxiridan yonboshiga anastomoz qo’yiladi. Bir necha
koronar arteriyalar shikastlanganda «ilonsimon», «ko’priksimon» yoki
sekventsial shuntlar qo’llanilishi mumkin: bitta venoz transplantat bilan koronar
arteriyalar o’rtasida va bitta distal anastomozni oxiridan yonboshiga qo’yish
yo’li bilan revaskulyarizatsiya qilinadi.
Mammarokoronar anastomozning quyidagi turlari mavjud: 1) antegrad; 2)
retrograd; 3) ichki ko’krak arteriyasidan «sakrovchi» shunt sifatida foydalanish.
Antegrad mammarokoronar anastomoz qo’yish uchun safarbar qilingan
ichki ko’krak arteriyasini V-VI qovurg’alararo sathida kesib olinadi, uni koronar
arteriya bilan “uchini yonboshiga” yoki “uchma-uch” usulda anastomoz
qo’yiladi. Retrograd mammarokoronar anastomoz qo’yish uchun safarbar
qilingan ichki ko’krak arteriyasini uning o’mrov arteriyasidan chiqqan joyida
qirqiladi. So’nggi vaqtlarda ichki ko’krak arteriyasini ikkita koronar arteriya
107
uchun sekventsial shuntlar sifatida ishlatilmoqda. O’mrov osti arteriyasi
boshlang’ich bo’limining shikastlanganligi, qo’lda arterial bosimning pastligi,
ichki ko’krak arteriyasini ajratib olishni qiyinlashtiradigan o’pka emfizemasi
mammarokoronar anastomoz qo’yishga monelik qiladigan hol hisoblanadi.
Yurak ishemik kasalligini xirurgik davolashda operatsiyadan keyingi o’lim
darajasi R. Faboloro fikricha 2% dan oshmasligi kerak. Biroq bemorlarning bu
ko’rsatkich birmuncha yuqori bo’lgan guruhlari bor. Aortokoronar shuntlash
bo’yicha o’tkazilgan birlamchi amaliyotlarning 90% da bemorlar stenokardiya
simptomlaridan xalos bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |