birlamchi zararlanishi bilan bog’liq bo’lmagan simptomatik arterial gipertenziya
turlaridan biridir. Barcha arterial gipertenziya turlari orasida vazorenal
112
1-jadval
Ikkilamchi arterial gipertenziyalarning sabablari
№
Gipertenziya sabablari
Uchrashi
(% hisobida)
1
Buyraklarning parenximatoz kasalligi
5
2
Vazorenal gipertenziya
2-5
3
Birlamchi aldosteronizm
0,5-1
4
Qalqonsimon bez kasalliklari
0,5-1
5
Feoxromotsitoma
< 0,2
6
Itsenko-Kushing sindromi
<0,2
7
Dori-darmonlar ta’siri
0,1-1
VRG negizini buyrak arteriyalarining yoki uning segmentar tarmoqlarining
bir yoki ikki tomonlama torayishi yoki okklyuziyasi tashkil qiladi. Natijada
arteriyaning patologik toraygan qismi orqali buyrakka qon kelishi anchagina
kamayadi, bu o’z navbatida buyrak to’qimasining ishemiyasiga sabab bo’ladi.
Ishemiyaning darajasi arteriya stenozining darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: