113
-
buyrak infarkti,
-
buyraklar jarohati,
-
buyraklar o’smalari.
Ateroskleroz 40 yoshdan oshgan shaxslarda VRGning asosiy sababi
hisoblanadi va 60-85% gacha bemorlarda uchraydi. Atersklerotik pilakcha
(бляшка) lar ko’pchilik hollarda buyrak arteriyasini aortadan chiqish qismida
yoki uning uchdan bir proksimal qismida joylashadi. Ko’pchilik hollarda buyrak
arteriyasining bir tomonlama zararlanishi kuzatiladi, ayrim hollarda arteriya ikki
tomonlama shikastlanadi, bu odatda 1/3 bemorlarda uchraydi va VRG ning bir
muncha og’ir kechishiga olib keladi. Kasallik, ayollarga nisbatan asosan
erkaklarda (2-3 marta) ko’p uchraydi.
VRG ning sabablari ichida fibroz-mushak displaziyasi atersklerozdan keyin
ikkinchi o’rinni egallaydi. Fibroz-mushak displaziyasi asosan navqiron yoshda
va hatto bolalik yoshida (12-44 yoshgacha) uchraydi.
Bemorlarning o’rtacha yoshi 28 yoshni tashkil qiladi. Ayollar erkaklarga
qaraganda 4-5 marta ko’proq kasallanadi. Morfologik jihatidan fibroz-mushak
displaziyasi asosan buyrak arteriyalari, ularning tarmoqlarini qamrab oladigan,
arteriyaning mushak, intima qatlamlarida distrofik va sklerotik o’zgarishlar
kechishi bilan xarakterlanadi. Bunda arteriyaning mushak elementlarini
giperplaziyasi mikroanevrizmalar hosil bo’lishi bilan birga kuzatiladi. Natijada
torayish va kengayishlarni (anevrizmalar) aralash joylashishi kuzatiladi. Bu
arteriyalarga o’ziga xos tus beradi, ular marvarid yoki munchoq iplariga o’xshab
qoladi. Patologik jarayon 2/3 hollarda bir tomonlama bo’ladi.
VRG ning sabablaridan biri nospetsifik aorto-arteriit (Takayasu kasalligi)
hisoblanadi. Nospetsifik aorto-arteriit tarqalgan xarakterga ega bo’lgan kasallik
bo’lib, patologik jarayon asosan aorta ravog’i tarmoqlari, torakoabdominal aorta
va uning tarmoqlarida kuzatiladi. VRG ning boshqa sabablari orasida nospetsifik
aorto-arteriit 17-22% ni tashkil qiladi. Bu kasallikda buyrak arteriyalarining
zararlanishi aksariyat ikki tomonlama bo’ladi va har ikkala jinsdagi shaxslarda
ham kuzatiladi, biroq asosan yosh ayollarda ko’proq kuzatiladi. Kasallik odatda
114
11-20 yoshda boshlanadi, 2-3 yildan so’ng buyrak arteriyalarining torayishi
yuzaga chiqadi. Patogenezi bo’yicha bu kasallik autoimmun xarakterga ega
bo’lib, etiologiyasi xozirgacha to’liq aniqlangan emas. Klinik jihatdan kasallik
tana
haroratining
ko’tarilishi,
leykotsitoz,
EChT
ning
ortishi,
gipergammaglobulinemiya, fibrinogenning oshishi va C-reaktiv oqsili paydo
bo’lishi kabi belgilar bilan boshlanadi.
VRG yana quyidagi holatlarda yuzaga kelishi mumkin: buyrak
arteriyasining ekstravazal kompressiyasi oqibatida, buyrak arteriyasi o’tkir
trombozi yoki emboliyasi natijasida, buyrak arteriyalarida anevrizma hosil
bo’lishi, buyrak arteriyalari gipoplaziyasi, nefroptoz, o’sma, kista, buyraklarning
rivojlanish nuqsonlarida va boshqalarda.
Dostları ilə paylaş: