Xirurgik kasalliklar


Aldosteroma  (birlamchi  giperaldosteronizm



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   363
Aldosteroma  (birlamchi  giperaldosteronizm,  Konn  sindromi)  buyrak  usti 

bezi po’stloq qismining koptokcha sohasidan rivojlanadi. Ko’pchilik bemorlarda 

o’sma  xavfsiz  tabiatli  bo’ladi  va  faqat  5%  hollarda  xavfli  o’sishi  aniqlanadi. 

O’sma to’qimasi ortiqcha miqdorda aldosteron ishlab chiqaradi. 



Patogenezi.  Aldosteronning  ortiqcha  ishlab  chiqarilishi  organizmda  turli-

tuman biokimyoviy va morfologik o’zgarishlarga olib keladi. Bu kasallik uchun 




 

126 


dastavval  sezilarli  tarzda elektrolit  muvozanatining buzilishlari  xos.  Aldosteron 

buyrak  kanalchalariga  ta’sir  etib,  kaliy  va  suv  reabsorbtsiyasi  kamayishiga, 

natriy  reabsorbtsiyasi  ko’payishiga  olib  keladi.  Kaliyning  siydik  orqali  jadal 

suratda  chiqarilishi,  gipokaliemiya  rivojlanishiga  (3,0  mmol/l  dan  kam)  olib 

keladi.  Hujayradagi  kaliy  ionlari  natriy  va  vodorod  ionlari  bilan  almashinadi. 

Natriyurez  pasayishi  ho’jayra  ichi  va  hujayra  tashqarisidagi  bo’shliqda  natriy 

ionlari oshishiga olib keladi. Natriy gidrofil ion bo’lgani uchun suvni tutib turadi 

va  o’ziga  tortib  oladi.  Natijada  to’qimalar  shishishi,  ayniqsa  qon  tomir  devori 

shishi rivojlanadi, uning ichki bo’shlig’i arteriolalar darajasida kichrayadi. Qon 

tomir  tonusi,  periferik  qon  tomir  qarshiligi  ortadi  va  arterial  gipertenziya 

rivojlanadi. 

Kasallik  aksariyat  navqiron  yoshdagi  ayollarda  uchraydi.  Aldosteroma 

simptomlarini 3 guruhga bo’lish mumkin: 

1)

 



gipokaliemiya xisobiga rivojlangan neyro-mushak simptomlar; 

2)

 



aldosteronni  bevosita  buyrakka  ta’siri  natijasida  vujudga  kelgan 

simptomlar; 

3)

 

arterial qon bosimining oshishi bilan bog’liq bo’lgan simptomlar. 



Neyro-mushak 

simptomlari 

gipokalemiya 

va 


nerv-mushak 

o’tkazuchanligini  buzulishi  hisobiga  kelib  chiqadi.  Bemorlar  mushak 

bo’shashidan  noliydilar,  uning  darajasi  turlicha  bo’lib,  tez-tez  charchashlar, 

oyoq  mushaklarini  egallaydigan  bo’sh  falajliklargacha  olib  keladi.  Paresteziya 

va talsavalar (mushak tortishishi) ko’plab qayd etiladi. 

Buyrak  simptomlari  orasida  ko’proq  poliuriya,  nikturiya,  gipostenuriya 

kuzatiladi. Siydik orqali ko’p miqdorda suyuqlik yo’qotilishi sababli, polidipsiya 

(tashnalik) yuzaga keladi. 

Arterial  gipertenziya  –  aldosteromaning  asosiy,  ba’zan  esa  yagona 

simptomidir.  Gipertenziya,  odatda  barqaror  kechadi.  AQB  oshish  darajasi 

o’rtachadan  (160/100  mm  Hg)  to  yaqqol  220-250/120-140  mm  Hg  gacha 

o’zgarib turadi. Ko’pchilik bemorlar yuqori arterial bosim bilan bog’liq kuchli 

bosh og’rig’iga shikoyat qiladilar.  



 

127 


Arterial  gipertenziya  yurak  chap  qorinchasining  yaqqol  gipertrofiyasiga 

olib keladi, gipokaliemiya belgilari paydo bo’ladi. Ko’z tubi tomirlari zararlanib, 

ko’pincha ko’rish faoliyati buziladi.  

Konn  sindromi  diagnostikasi  kasalliklarning  klinik  ko’rinishlarini  va 

laboratoriya 

tekshiruvlari 

ma’lumotlarini 

tahlil 


qilishga 

asoslangan. 

Radioimmun  tahlil  plazmada,  bazal  sharoitlarda  aldosteron  kontsentratsiyasini 

oshishini  va  4  soatlik  yurish  sinamasidan  so’ng  uning  parodoksal  pasayishi, 

plazma 

renini 


aktivligining 

kamayishini 

aniqlaydi. 

Biokimyoviy 

tekshirilishlarda  gipokaliemiya,  gipernatriemiya  topiladi.  Siydik  ishqoriy 

reaktsiyasi  muhim  diagnostik  qimmatga  ega  bo’lishi  mumkin.  Asbob-uskuna 

yordamida tekshiruv usullari orasida UTT va KT ning ahamiyati katta.  

Aldosteromalar  kichik  o’lchamlarda  (1,5-2  sm)  bo’lganligi  sababli  ularni 

UTT  yordamida  taxminan  60%  bemorlarda  topish  mumkin.  Diagnostikaning 

eng  aniq  usuli  kompyuter  tomografiyasi  hisoblanadi.  KT  da  zichliga  past 

bo’lgan (10-14 N

+

 birligi) tuzilmalar aniqlanadi (33-rasm). 



 

 

 



33-rasm. Chap buyrak usti bezi aldesteromasi (kompyuter tomogramma). 

 

Davolash: bemorlarga adrenalektomiya operatsiyasi bajariladi. 




 

128 



Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin