124
2.
Xirurgik usul:
- rekonstruktiv operatsiyalar: transaortal endarterektomiya, buyrak
arteriyasi replantatsiyasi, buyrak arteriyasini protezlash;
- ikkilamchi geperaldosteronizmni korrektsiya qilish uchun buyrak
arteriyalari va buyrak usti bezidagi simultan operatsiyalar.
- nefrektomiya.
3.
Rentgenendovaskulyar usullar:
-
buyrak
arteriyalarini
translyuminal
angioplastikasi
(yoki
rentgenoendovaskulyar dilyatatsiyasi – RED) stentlash yoki usiz;
-
ikkilamchi giperaldosteronizmni korrektsiya qilish uchun buyrak usti
bezlaridagi simultan REA.
Renovaskulyar gipertenziyani davolashning eng samarador usuli xirurgik
usul bo’lib, buyrak arteriyalarining stenozi sababini bartaraf etish va buyrakka
normal qon oqimini tiklashga qaratilgan. 1952 yilga qadar xirurgik davolashning
yagona usuli nefrektomiya bo’lgan, u bir tomonlama zararlanishda va
kasallikning o’tib ketgan bosqichida amalga oshirilar edi. Hozirgi kunda buyrak
ichi qon tomirlari torayishida yoki zararlangan buyrak gipoplaziyaga uchraganda
va uning faoliyati yaqqol buzilgandagina nefrektomiya bajariladi. Bundan
tashqari, buyrak o’lchamlarining 8 sm va undan kichik bo’lishi ham
nefrektomiya uchun ko’rsatma hisoblanadi. Qolgan hollarda buyrakda qon
oqimini tiklashga qaratilgan, a’zoni saqlab qoladigan operatsiyalardan keng
qo’lamda foydalaniladi. Xirurgik davolash natijalari VRG tashxisi va uning
paydo bo’lish sababi nechog’lik erta aniqlansa, shunchalik samarador bo’ladi.
Ayni vaqtda VRG li bemorlarda xastalik hatto xavfli kechganda ham
bemorga individual tanlangan gipotenziv vositalar yordamida ba’zan yaxshi
natijaga erishishga muvaffaq bo’linadi. Biroq buyrak arteriyasi stenozi
isbotlanganda muolaja o’tkazish tavsiya etilmaydi, chunki arterial qon
bosimining pasayishi buyrakda qon oqimini yanada yomonlashuviga va qisqa
vaqt ichida buyrakning ikkilamchi bujmayishiga, faoliyatining yo’qotilishiga
olib keladi.
125
Kasallikning etiologiyasiga ko’ra balonli dilatatsiya yoki stentlash 80%
hollarda muvaffaqiyatli chiqishi mumkin. Biroq bu muolajalar invaziv bo’lib,
arteriyaning yorilishi yoki qirqilishiga, buyrak yoki oyoqlarning ateromatoz
emboliyasiga, kontrast keltirib chiqargan nefropatiya sababli o’tkir buyrak
etishmovchiligiga, punktsiya sohasidan qon ketishiga va (kamdan-kam hollarda)
bemor o’limiga olib kelishi mumkin. Bu usullar, xirurgik vaskulyarizatsiya,
ballonli dilatatsiya va stentlash imkoni bo’lmagan bemorlar, shuningdek
operatsiya qilishni talab qiladigan qo’shilib kelgan qorin aortasi zararlangan
bemorlar uchun zahira usul bo’lib qoladi.
Arterial gipertenziyasi yuqori va yomon nazorat qilinadigan gipertenziyali
bemor, buyrak o’lchamlari kichraygan va faoliyati anchagina pasaygan bo’lsa
nefrektomiyaga ko’rsatma hisoblanadi.
Davolash usulini qoniqarsizligining asosiy sabablari kuyidagilar:
Nefroangiosklekroz,
Shunt restenozi,
Patologik jarayonning kuchayishi,
Ikkilamchi giperaldosteronizm,
Konralateral buyrak arteriyasi stenozi,
Shunt anevrizmasi.
Buyrak usti gipertenziyasi ko’pincha uning o’smalari bilan bog’liq bo’ladi.
Aldosteroma, feoxromotsitoma, buyrak usti bezlari po’stlog’ining aralash
o’smalari, kortikosteroma, androsteroma, kortikoesteroma ko’plab uchraydi.
O’smalarning hamma turlari ham xavfsiz, ham xavfli bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: