Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   363
Doppler-ultratovush 

tekshiruvi. 

Bu 


tekshiruv 

afzalligi 

uning 

noinvazivligi  va  arzonligidadir.  Doppler-ultratovush  tekshiruvi  yordamida  2  ta 



usuldan foydalaniladi: buyrak arteriyalarini bevosita vizualizatsiyasi va Doppler 

to’lqinlari shaklini analiz qilish. 

Buyrak  arteriyalarining  bevosita  vizualizatsiyasi.  Bu  usul  asosiy  buyrak 

arteriyalarini rangi yoki energetik doppler – bevosita ultratovush tekshiruvi bilan 

spektral  doppler  –  ultratovush  yordamida  buyrak  arteriyalari  bo’ylab  tezligini 

analiz qilishni o’z ichiga oladi (27-28 rasmlar).  

 

 

 



27-rasm. Qorin aortasini kul rang shkalda skanerlash. 


 

120 


Buyrak arteriyalarining noaniq vizualizatsiyasi ularning holati to’g’risida xulosa 

chiqarishga to’liq imkon bermaydi. 

 

 

 



 

28-rasm. Kontrast modda yordamidan olingan rangli doppler skanerlash. 

Qorin aortasidan va buyrak arteriyasidan kelayotgan signal kuchayganini ko’rsatadi. 

 

Signalni  kuchaytirish  uchun  kontrast  modda  yuborib  erishish  mumkin,  bu 



buyrak arteriyalarining vizual tasvirini engillashtiradi (29-rasm). 

Uch  o’lchovli  ultratovush  angigrafiyasi  buyrak  arteriyalarining  batafsil 

ko’rishga  imkon  beradi,  ta’svirning  aniqligini  uch  o’lchovli  magnit-rezonans 

angiografiyasi bilan taqqoslash mumkin bo’ladi (29-30 rasmlar). 

 

 

 




 

121 


29-rasm. Uch o’lchovli ultratovush (chapda) va magnit-rezonans 

angiografiya (o’ngda).  

Chap buyrak arteriyasi stenozi va o’ng buyrak arteriyalarining juft holda kelishi. 

 

 



 

 

30-rasm. Uch o’lchovli ultratovush (chapda) va magnit-rezonans 



angiografiya (o’ngda). 

O’ng tomonda qo’shimcha buyrak arteriyasi. 

 

Ultratovush (UT) yordamida tekshiruv vaqtida aniqlangan quyidagi belgilar 



buyrak  arteriyasining  ahamiyatga  ega  bo’lgan  proksimal  stenozi  yoki 

okklyuziyasini diagnostik mezoni hisoblanadi:  

 

buyrak  arteriyasida  maksimal  sistolik  tezlikning  ortishi  (



  100-200 

sm/sek); 

 



maksimal sistolik tezlik buyrak-aortal koeffitsenti 3,5 dan ko’p; 

 



arteriyaning poststenoz sohasidagi turbulent qon oqimi;  

 



buyrak 

arteriyasini 

doppler 

signalisiz 

vizualizitsiya 

qilinishi 

okklyuziyadan darak beradi. 

Bundan  tashqari  ultratovush  tekshiruvi  yordamida  VRG  bilvosita 

belgilarini,  xususan  ishemik  atrofiya  hisobiga  buyrak  o’lchamlarining 

kichrayishini  aniqlash  mumkin.  Uzunligi  8  sm  dan  kichik  buyraklar  odatda 

ishemiya 

bilan 


og’ir 

shikastlangan 

bo’ladi. 

Bunday 


sharoitlarda 


 

122 


revaskulyarizatsiya buyrak faoliyatining tiklanishiga yoki gipertenziyani bartaraf 

etishga olib kelmaydi va bu holat nefrektomiyaga ko’rsatma hisoblanadi. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin