Klinik manzarasi. Simptomatik gipertenziyalarning ayrim turlariga (Konn
sindromi, Kushing sindromi, feoxromotsitoma) xos patognomik simptomlar
VRG da yo’q.
Bemorlarning shikoyatlarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:
1.
Tserebral gipertenziyaga xos belgilar: bosh og’rig’i, boshda og’irlik
hissiyoti, quloqlarda shovqin, ko’z soqqalarida og’riqlar, xotiraning pasayishi,
qoniqib uxlamaslik va b.
2.
Yurak chap bo’limlariga ortiqcha og’irlik tushishi va koronar
etishmovchiligi bilan bog’liq bo’lgan shikoyatlar: yurak sohasida og’riq,
taxikardiya, to’sh ortidagi og’irlik hissi va b.
3.
Bel sohasidagi og’irlik sezgisi, kuchli bo’lmagan og’riqlar, buyrak
infarkti bo’lgan taqdirda – gematuriya.
4.
Boshqa a’zolar ishemiyasi belgilari (buyrak arteriyalari bilan birga
boshqa a’zolar magistral arteriyalari shikastlanganda).
5.
Nospetsifik aorto-arteriitda umumiy yallig’lanish sindromi uchun xos
shikoyatlar.
6.
Ikkilamchi giperaldosteronizm uchun xos shikoyatlari: jinsiy zaiflik,
paresteziyalar, tetaniya xurujlari, poliuriya, nikturiya, polidipsiya.
VRG taxminan 25% bemorlarda belgisiz kechadi.
Dostları ilə paylaş: |