Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   363
Klinik  manzarasi.  Feoxromotsitomaning  asosiy  simptomi  arterial 

gipertenziya  hisoblanandi.  U  uchta  tipda  –  krizli  (paroksizmal),  barqaror  va 

aralash  kechishi  mumkin  va  shunga  ko’ra  kasallik  klinik  kechishining  tegishli 

tiplari farq qilinadi. Paroksizmal turida AQB 250-300 mm Hg gacha va bundan 

yuqoriga  ko’tarilib,  gipertonik  krizlar  qayd  etiladi.  To’satdan  AQB  oshishi, 

keskin  bosh  og’rishi,  yurak  urib  ketishi,  o’lim  xavfi,  et  junjikishi,  tana 

xaroratining  oshishi,  ko’p  terlash  bilan  o’tadi.  Aksariyat  nafas  qisishi,  bel 

sohasida, qorinda, to’sh orqasida og’riq qayd etiladi. Ko’ngli behuzur bo’lishi va 

qusish  kuzatilishi  mumkin.  Kriz  davomiyligi  bir  necha  minutdan  bir  necha 

soatgacha  davom  etadi.  Katexolaminlar  gipersekretsiyasi  natijasida  rivojlangan 

kriz  uchun  giperleykotsitoz,  giperglikemiya  va  glyukozuriya  xos.  Kriz 

bo’lmaganda AQB me’yordan oshmaydi va bemorlarda shikoyatlar bo’lmaydi. 

Arterial gipertenziyaning barqaror turida krizsiz AQB ning barqaror oshishi 

qayd etiladi. Aralash turida katexolaminlik krizlar yuqori AQB fonida kuzatiladi 




 

129 


(160/100–180/120  mm  Hg).  Bartaraf  etilmagan katexolaminlik kriz o’lim  bilan 

tugashi mumkin, bunga o’tkir yurak etishmovchiligi, o’pka shishi, bosh miyaga 

qon quyilishi sabab bo’lishi mumkin. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin