Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   363
Klinikasi. Arterial o’zagining aorta-yonbosh segmenti zararlanganda oyoq 

ishemiyasi  klinik  manzarasi  rivojlanishiga  faqat  3  ta  omil  sabab  bo’lishi 

mumkin:  1)  aorta  ateromatoz  pilakchalari  yaraga  uchrab,  distal  o’zanning 



 

148 


ateromatoz  emboliyasi;  2)  terminal  aorta  va  umumiy  yonbosh  arteriyalarining 

trombozi; 3) oyoqlar distal bo’limlari (son va taqim osti segmentlari) birgalikda 

aterosklerotik  zararlanishi.  Xuddi  shu  «ko’p  qavatli»  aterosklerotik  zararlanish 

zo’riqish  ishemiyasi  manzarasi,  so’ngra  tinchlikdagi  oyoq  ishemiyasi  avj 

olishiga  olib  keladi.  Bu  jarayon  oyoqlarning  ro’yrost  trofik  o’zgarishlari  bilan, 

gangrena  rivojlanishi  bilan  tugallanadi.  Oyoqlarning  klinik  yuzaga  chiqadigan 

ishemiyasi  qorin  aortasi  terminal  bo’limining  to’liq  okklyuziyasida  yoki  aorta-

yonbosh segment stenozida paydo bo’ladi. 

Qorin  aortasi  stenozlovchi  zararlanishlarining  klinik  manzarasi  joylashgan 

o’rniga, uzunligiga, kollateral qon aylanishi avj olishiga va kasallikning qachon 

boshlanganiga  bog’liq  va  chanoq  organlari,  dumba  va  oyoq  muskullarida 

ishemiya avj olishi bilan aloqador bo’ladi. 

Bemorlar  yurganda  birinchi  galda  boldir  muskullaridagi  og’riqdan 

noliydilar.  Og’riq  tekis  joydan  yurganda  to’satdan  paydo  bo’ladi  va  tez  o’tib 

ketmaydi.  Bemor  to’xtab  qolishga  majbur  bo’ladi.  Toqqa  ko’tirilganda  yoki 

zinapoyadan chiqilganda og’riq tezrok paydo bo’ladi. Qorin aortasi zararlangan 

bemorlarning  amalda  qariyb  90  foizi  oqsoqlanib  qolganliklari  sababli  vrachga 

murojaat  qiladilar.  Aorta  okklyuziyalarida  ishemik  og’riqlar  asosan  dumba 

muskullarida, boldir va son muskullarida (aksariyat orqa va lateral satxi bo’ylab) 

xarakat vaqtida paydo bo’ladi. Erta bosqichda oqsoqlanishning bu turi dumbalar 

soxasida  va  sonlarning  orqa  yuzasida  tortishish  ko’rinishidagi  og’riq  sezgilari 

yuzaga  kelishidan  iborat  bo’ladi.  Vrachlar  ko’pincha  buni  bel-dumgaza 

radikuliti  yoki  kuymich  nervi  yallig’lanishi  deb  hisoblaydilar.  Ayrim  bemorlar 

chanoq tubi mushaklarining arterial etishmovchiligi simptomlarini – sfinkterdan 

bo’ladigan oqsoqlikni qayd qiladilar. Bemorlar odimlashdagi og’riqdan tashqari 

oyoq uvishishi, sovqotishini qayd qiladilar. Bundan tashqari, oyoqlardagi tuklar 

to’kilib, oyoq barmoqlaridagi tirnoqlar sekin o’sadi. 

Qorin  aortasi  okklyuziyalovchi  kasalliklarining  ikkinchi  klassik  simptomi 

jinsiy  ojizlik  hisoblanadi.  Qorin  aortasi  okklyuziyasida  bu  simptom  53,7% 

bemorlarda  aniqlanadi.  Jinsiy  maylsizlik  kelib  chiqishida  chanoq  organi 




 

149 


ishemiyasi  bilan  birga  surunkali  arterial  spinal  etishmovchilik  muhim  o’rin 

tutadi. 


Ko’zdan kechirilganda oyoq mushaklarining oz-moz gipotrofikligi ma’lum 

bo’ladi. Bemorlarning yarmida teri katlamlari, ayniksa oyoq panjasining ranggi 

o’zgargan – tsianoz, shish va giperemiya bo’ladi. 

Paypaslab  ko’rish  panjalarning  ikkala  arteriyalarida  (panjaning  orqa 

arteriyasi  va  orqa  katta  boldir  arteriyasi)  pulsatsiya  yo’qligini  topishga  yordam 

beradi.  Odatta  taqim  osti  arteriyasida  ham  pulsatsiya  bo’lmaydi.  Ko’proq 

zararlangan tomondagi son arteriyasida ham odatda pulsatsiya bo’lmaydi. Ayni 

vaqti  –  boshqa  periferik  arteriyalarning  pulsatsiyasini  ham  aniqlash  shart. 

Auskultatsiya  qorin  aortasi  zararlanishining  eng  muhim  diagnostik  belgisi  – 

sistolik  shovqinni  topishga  imkon  beradi,  u  ko’proq  son  arteriyalari  ustida 

eshitiladi.  Bemorlarning  deyarli  uchdan  bir  qismida  sistolik  shovqin  qorin 

aortasining  naqt  tepasida  aniqlanadi.  Bu  shovqin  aksariyat  stenozlangan  tomir 

ustida eshitiladi, okklyuziyalangan arteriya ustida u bo’lmasligi mumkin. Qorin 

aortasi  zararlanganda  oyoqlardagi  arterial  bosim  aniqlanmaydi  yoki  keskin 

pasaygan bo’ladi. Bemor qorni bosib yotganida arterial bosimni aniqlash uchun 

manjetkani  soniga  qo’yiladi  va  stetoskop  bilan  taqim  osti  arteriyasi  eshitib 

ko’riladi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin