Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   363
Etiologiyasi.  Qorin  aortasi  va  yonbosh  arteriyalarining  stenozlaydigan 

zararlanishlari tug’ma va orttirilgan kasalliklardan yuz berishi mumkin. Tug’ma 

kasalliklarga  aorta  qorin  bo’limi  gipoplaziyasi  yoki  atreziyasini  kiritish  lozim. 

Kasallik  ham  yallig’lanish  bo’lmaydigan,  ham  orttirilgan  yallig’lanish 

kasalliklaridan  kelib  chiqishi  extimol.  Aortaning  yallig’lanishga  aloqador 

bo’lmagan  kasalliklari  orasida  ateroskleroz  ko’p  uchraydi  (70-85%).  Aortaning 

yallig’lanish  kasalliklari  orasida  uning  stenoziga  –  zaxm  aortiti,  infektsion 

arteriitlarning boshqa turlari, shuningdek nospetsifik aorto-arteriit sabab bo’lishi 

mumkin. 



 

147 


Qorin 

aortasining 

okklyuziyalovchi 

kasalliklari 

klassifikatsiyasi 

jarayonning  joylashuvi  va  turini  hamda  ishemiya  manzarasining  qandayligini 

hisobga  olgan  holda  etiologik  printsip  bo’yicha  tuziladi.  Etiologiyasi  bo’yicha 

qorin  aortasi  zararlanishi  orttirilgan  (ateroskleroz,  nospetsifik  aorto-arteriit, 

endarteriit,  postembolik  okklyuziya,  shikast  oqibatlari  va  b.)  va  tug’ma 

(gipoplaziya,  aplaziya,  fibroz-mushak  displaziyasi)  turlarga  bo’linadi.  Qorin 

aortasining  stenotik  zararlanishi  yonbosh  arteriyalarning  bir  yoki  ikki 

tomonlama zararlanishi bilan o’tishi mumkin. So’nggi xili tipik Lerish sindromi 

hisoblanadi.  Arteriyalarning  zararlanish  darajasi  (stenoz  yoki  okklyuziya)  va 

distal  tomir  o’zani  holati,  xususan  son-taqim  zonasida  okklyuziya  borligi  va 

boldir  arteriyalari  okklyuziyalari  borligini  aniqlash  muhim.  Son  arteriyalari 

okklyuziyasida  asosiy  kollateral  sifatidagi  son  chuqur  arteriyasining 

o’tkazuvchanligi muhim ahamiyatga ega. 

Ishemik  sindromning  yuzaga  chiqqanligiga  ko’ra  kasallikning  4  bosqichi 

farq, qilinadi.  

I bosqichda oyoqda og’riq, zo’r jismoniy harakatda, masalan, 1 kmdan ko’p 

masofa bosib o’tilganda paydo bo’ladi.  

Ishemiyaning II bosqichida og’riq, kamroq yo’l yurilganda vujudga keladi. 

200  metrlik  masofa  shartli  mezon  qilib  olingan.  Agar  bemor  odatdagicha 

odimlab  200  m  dan  ortiq  masofani  og’riqsiz  bosib  o’tsa,  uning  holatini 

ishemiyaning  II  «A»  bosqichi  sifatida  belgilaydilar.  Agar  normal  odimlashda 

200  m  yurilmasdan  og’riq  paydo  bo’lsa,  bu  –  ishemiyaning  II  «B»  bosqichi 

hisoblanadi.  

Tinch  turilganda  yoki  25  m  dan  kam  yurilganda  og’riq  tursa,  bu  – 

ishemiyaning III bosqichi sifatida qaraladi.  

Ishemiyaning  IV  bosqichi  to’qimalarning  yara-nekrotik  o’zgarishlarga 

uchrashi bilan ta’riflanadi. 


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin