Xirurgik kasalliklar


Etiologiya  va  patogenez



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   363
Etiologiya  va  patogenez.  1.  Intravazal  –  tomirlarning  xar  xil  organik 

stenozlovchi kasalliklari: ateroskleroz, nospetsifik aorto-arteriit, fibromuskulyar 

displaziya,  vistseral  tarmoqdar  anevrizmasi,  turli  patologiyalar,  tug’ma 

rivojlanish nuqsonlari. 




 

168 


2.  Vistseral  tarmoqlar  kompensatsiyasini  keltirib  chikaradigan  ekstravazal 

sabablar:  qorin  stvolining  diafragma  elementlari,  gangliyalar  va  kuyosh  chigali 

nerv  tolalaridan  bosilishi.  Vistseral  tarmoqlarning  periarterial  fibrozdan 

deformatsiyasi va ularning qo’shni organlarining o’smalaridan bosilishi. 

Surunkali  abdominal  ishemiyaning  asosiy  simptomi  og’riq  hisoblanadi. 

Surunkali abdominal ishemiyada og’riq, simptomokompleksining kelib chiqishi 

quyidagicha: to’qima ishemiyasi gipoksiyaga, metabolik o’zgarishlarga, atsidoz 

rivojlanishiga, 

oksidlanib 

ulgurmagan 

maxsulotlar 

va 


gistaminsimon 

moddalarning  ko’p  miqdorda  yig’ilishiga  olib  keladi,  ular  organ  ichida 

joylashgan  nerv  oxirlarini  ta’sirlantiradi.  To’qimalar  ishemiyasi  to’g’risidagi 

signallar  ishemiyaga  uchragan  organ  va  vegetativ  markaz  joylashgan  joyda 

og’riq,  bilan  namoyon  bo’ladi.  Og’riqning  epigastriyda  joylashishi,  o’ng 

qovurg’alar  ostiga  o’tishi,  yuqori  ichak  tutqich  arteriyasi  xavzasidagi 

ishemiyada butun qorin bo’ylab tarqalishi shu bilan izoxlanadi. 

Normada  qonning  bir  havzadan  ikkinchisiga  oqib  tushishi,  shuningdek 

qonning  bitta  magistralning  turli  tarmoqlari  o’rtasida  qayta  taksimlanishi  shu 

bosqichda turgan organlarga etarli mikdorda kon etkazib berilishini ta’minlaydi. 

Qorin stvoli okklyuziyasida qon aylanishining etishmasligi yuqori ichak tutqich 

arteriyasi havzasidan qon oqib o’tishi bilan to’ldiriladi. Hazm jarayoniga yuqori 

ichak  tutqich  arteriyasi  havzasidan  qon  bilan  ta’minlanadigan  organlar 

qo’shilmagan  paytda  qorin  stvoliga  qon  oqib  kelishi  etarli  bo’ladi.  Ichaklarga 

ovqat  lukmasi  tushgan  va  surilgan  sayin  qon  oqimi  keskin  kamayadi,  chunki 

ichaklarning  o’zi  qo’shimcha  qon  tushishiga  muhtoj  bo’ladi.  Stvol  havzasiga 

qon  tushishining  kamayishi  tegishli  organlar,  birinchi  galda  jigar  ishemiyasiga 

olib  keladi,  chunki  jigar  hazm  jarayonining  boshidan  oxirigacha  funktsional 

jixatdan faol holatda bo’ladi. 

Yuqori  ichak  tutqich  arteriyasining  okklyuzion  zararlanishlarida  ishemiya 

aksariyat qorin stvoli havzasida rivojlanadi. Jigar hazm jarayonining butun tsikli 

ichida  etarli  darajadagi  qon  mikdoriga  muhtojligi  sababli  qorin  stvoli 

havzalaridan  qon  oqib  ketishi  uning  ishemiyasiga  olib  keladi.  Yuqori  ichak 



 

169 


tutqich  arteriyasi  okklyuziyasida  birinchi  galda  pastki  ichak  tutqich  arteriyasi 

(Riolan ravog’i) kengayadi va qon oqimini to’ldirishda qatnashadi. 

Qorin-ichak tutqich anastomozi – qonni etkazishning birmuncha qisqa yo’li 

kamroq qatnashadi. Og’riq intensivligi hazm organlari ishemiyasining darajasiga 

bog’liq.  Ishemik  buzilishlarning  boshlang’ich  bosqichlarida  og’riq  simptomlari 

kompleksi  davriyligi  va  intensivligida  muayyan  qonuniyatni  aniqlash  qiyin. 

Shunga  qaramay,  ko’pchilik  bemorlar  ko’p  ovqat  eyilgandan  va  «parhez 

buzilgandan»  keyin  og’riq  paydo  bo’lishidan  noliydilar.  Bu  hol  birmuncha 

ehtiyotlaydigan  ovqat  rejimiga  o’tishga  majbur  etadi,  bu  axvolni  vaqtincha 

engillashtiradi.  Tez  orada bemorlar  og’riq  paydo  bo’lishida  ovqatning  sifatidan 

ko’ra  uning  mikdori  ahamiyatli  ekanligini  payqab  qoladilar.  Bu  qonuniyatni 

bilib  olib,  ular  ko’p  ovqat  eyishdan  o’zlarini  tiyadilar,  uni  oz-ozdan  eyishga 

xarakat  qiladilar  –  «smeal  meal  sindrome».  Ovqat  eyilganda  qorinda  azobli 

og’riq  paydo  bo’lganligidan  bemorlar  ovqatdan  yuz  o’girishga  majbur 

bo’ladilar.  Abdominal  ishemik  og’riqlarning  paydo  bo’lishi  va  davomiyligida 

muayyan  qonuniyatni  kuzatish  mumkin.  Ko’pchilik  bemorlar  og’riq  ovqatdan 

15-20  minut  o’tgandan  keyin  paydo  bo’lishidan  noliydilar.  Og’riq  ovqat 

ingichka  ichakdan  o’tib  bulguncha,  ya’ni  taxminan  2-2,5  soat  davom  qiladi. 

Turli  mualliflarning  ma’lumotlariga  ko’ra,  qorindagi  og’rik  10  dan  82%  gacha 

hollarda  uchraydi.  Og’riq  simptomokompleksi  aksariyat  qorin  stvoli  xavzasida 

qon  aylanishi  buzilishlarida  (76,3%),  kamroq  yuqori  ichak  tutqich  arteriyasi 

zararlanishlarida  (37,4%),  atigi  8,1%  hollarda  pastki  ichak  tutqich  arteriyasi 

zararlanishlarida kuzatiladi.  


Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin