Qorin aortasi vistseral tarmoqlarining surunkali okklyuzion zararlanishlari
«Qorin anginasi» atamasi eng ko’p tarqalgan va ko’pchilik uni qabul qilgan.
xarakterini, uning moxiyatini – ishemiya va abdominal lokalizatsiyasini aniq
167
ta’kidlaydi. Surunkali abdominal ishemiya sindromi ostida qorin aortasi vistseral
tarmoqlarining surunkali zararlanishlari sababli hazm organlaridagi qon
aylanishi etishmovchiligi va klinik jixatdan qorinda og’riqlar, ichaklar
disfunktsiyasi tushuniladi. Bu odatda ovqat eyilgandan keyin hazm
organlarining funktsional aktivligi cho’qqisiga chiqqanda paydo bo’ladi, qisman
bemorlarda tobora oriqlab ketish kuzatiladi.
Qorin
aortasi
vistseral
tarmoqlarining
surunkali
okklyuzion
zararlanishlarini 1843 yildan boshlab o’rganilgan. Bu davrda nemis
patologoanatomi Tademan murdani yorib ko’rayotganida yuqori ichak tutqich
arteriyasi stvolida okklyuziyani aniqlagan. Amaliyotga tekshirishning rentgen
kontrast usullarining joriy qilinishi vistseral qon aylanishining surunkali
buzilishlarini o’rganishda ikkinchi bosqich hisoblanadi. 1958 yilga kelib,
Mikkelson va Zaro angiografiya yordamida yuqori ichak tutqich arteriyasi
stenozini aniqladilar va birinchi marta qorin anginasining inson xayotligidagi
diagnozni qo’ydilar. Kasallikning nechog’lik uchrashi hanuzgacha aniq ma’lum
emas, bu operatsiyadan oldingi diagnostikaning qiyinligi bilan tushuntiriladi.
Patologoanatomik ma’lumotlarga ko’ra, qorin arteriyasi zararlanishi 20-45%,
yuqori ichak tutqich arteriyasining zararlanishi o’rta hisobda 30% hollarda
kuzatiladi. S.M. Kurbongaleev bilan muallifdoshlari ma’lumotlariga ko’ra
(1974) 134 ta o’lgan odamlardan qorin stvoli zararlanishi 19,4%, yuqori ichak
tutqich arteriyasi – 31,3% va pastki ichak tutqich arteriyasi zararlanishi 49,2%
xollarda kuzatilgan.
Angiografik tekshirishda vistseral arteriyalar zararlanishi ham turlicha
aniqlanadi va 4 dan 54% gacha hollar o’rtasida bo’ladi. Surunkali abdominal
ishemiya sindromi turli sabablardan kelib chiqishi mumkin. Bu sabablar ikkita
asosiy guruhga bo’linadi.
Dostları ilə paylaş: