Xirurgik kasalliklar



Yüklə 10,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/363
tarix02.01.2022
ölçüsü10,99 Mb.
#1636
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   363
Diagnostikasi.  Takayasu  sindromi  bo’lgan  bemorlarda  o’tkaziladigan 

diagnostik  tadbirlar  yig’indisini  shartli  ravishda  uchta  bosqichga  bo’lish 

mumkin: 

I. Umumiy klinik tekshirishlar bosqichi: so’rab-surishtirish va kasallikning 

anamnezini  yig’ish,  bemorni  ko’zdan  kechirish,  aorta  ravog’i  tarmoqlarining 



 

183 


holatini,  shuningdek  yuza  joylashgan  magistral  arteriyalarni  palpator  va 

auskultativ aniqlash. Arterial bosim ikkala qo’l va ikkala oyoqda aniqlanadi. 

II. Tekshirishning ixtisoslashgan statsionar bosqichi: 

- laboratoriya tekshirish usullari; 

- funktsional tekshirish usullari; 

- nefrologik tekshirish; 

- oftalmologik tekshirish; 

- otonevrologik tekshirish; 

- rentgen kontrast tekshirish (aortografiya yoki selektiv angiografiya). 

III.  Tekshirishning  intraoperatsion  bosqichi:  aorta  ravog’i  braxiotsefal 

tarmoqlar taftishi, elektromagnit floumetriya, intraoperatsion angiografiya. 

Braxiotsefal 

arteriyalari 

zararlangan 

bemorlar 

uchun 


nevrologik, 

oftalmologik va otonevrologik xarakterdagi shikoyatlarning bir qanchasi xosdir. 

Ko’zdan  kechirish  to’g’ri  diagnoz  qo’yish  uchun  xech  qanday  yo’l-yo’riqlar 

ko’rsata olmaydi. Paypaslab ko’rish chakka, uyqu, elka va bilak arteriyalaridagi 

pulsatsiyaning  o’zgarishlarini  aniqlab  beradi.  Umumiy  uyqu  va  nomsiz 

arteriyalar  okklyuziyasida  zararlangan  tomondagi  na  uyqu,  na  chakka 

arteriyalarining pulsatsiyasi, tabiiyki, aniqlanmaydi. Biroq ichki uyqu arteriyasi 

okklyuziyasida  va  uning  stenozida  bifurkatsiya  soxasida  chakka  arteriyasining 

pulsatsiyasi  (urib  turishi)  xatto  kuchaygan  bo’lishi  mumkin,  chunki  butun  qon 

oqimi  tashqi  uyqu  arteriyasiga  yo’naladi.  Arterial  bosimni  o’lchashni  hamma 

qo’l  va  oyoqlarda  olib  borish  kerak.  O’mrov  osti  arteriyasi  zararlanganda 

sistolik  arterial  bosim  simob  ustuni  xisobida  80-90  mm  gacha,  puls  bosimi 

simob  ustuni  xisobida  19-30  mm  gacha  pasayadi.  Auskultatsiya  braxiotsefal 

tomirlar  kasalliklarining  birlamchi  diagnostikasida  asosiy  ahamiyat  kasb  etadi. 

Bifurkatsiya va ichki uyqu arteriyasi stenozida pastki jag’ burchagidagi sistolik 

shovqin bemorlarning 75 foizida eshitiladi. 

Qonni laboratoriyada tekshirish natijalari quyidagicha bo’lishi mumkin: 

-  qon  elementlari  (o’rtacha  gipoxrom  kamqonlik,  o’rtracha  leykotsitoz, 

eritrotsitlarning cho’kish tezligi tezlashgan); 



 

184 


-  plazma  oksillari  (gipoalbuminemiya,  globulin  fraktsiyalari,  shuningdek 

fibrinogen oshishi); 

-  immunologik  reaktsiyalar  (musbat  aktinuklear  omil,  Vasserman  soxta 

musbat reaktsiyasi). 

Funktsional  tekshirish  usullari.  O’mrov  osti  arteriyasi  okklyuziyasida 

reovazogrammalar  balandligi  asimmetriyasi  va  to’lqinlari  xarakteri  va  qo’lning 

xajmiy  sfigmogrammalari  hamavaqt  bor.  Uyqu  va  nomsiz  arteriyalar 

zararlanganini  diagnostika  qilishda  uyqu  va  yuza  chakka  arteriyalarini 

sfigmografiya  qilish  katta  yordam  beradi.  Okklyuziyada  egri  chizik  to’lqinlari 

pasayadi va shakli o’zgaradi. 

Reoentsefalografiya  katta  yordam  beradi,  u  uyqu  arteriyasi bir  tomonlama 

zararlanganda miya qon ta’minotining yarimsharlararo asimmetriyasi belgilarini 

aniqlaydi,  hamma  braxiotsefal  tarmoqlar  okklyuziyasida  esa  hamma  usullarda 

reogramma  to’lqinlarining  keskin  pasayishini  qayd  qiladi.  Braxiotsefal 

tomirlarning  birlamchi  diagnostikasida  infraqizil  spektrdagi  termografiya 

qo’llaniladi. 0,6°C dan yuqori termoasimmetriya patologik deb hisoblanadi. 

So’nggi  yillarda  qon  oqimini  ultratovush  bilan  tekshirish  usullari  keng 

tarqaldi.  Ultratovushli  datchik  doppler  effekti  printsipida  faqat  arteriya 

pulsatsiyasini emas, balki undagi qon oqimi yo’nalishi va tezligini ham aniqlasa 

bo’ladi. 

Nevrologik  tekshirishlar.  Bosh  miya  ishemiyasining  nevrologik  alomatlari 

qaysi  tomir  xavzasi  zarar  ko’rganiga,  arteriyaning  okklyuziya  darajasi  va 

rivojlanish  sur’atiga,  shuningdek,  kollateral  qon  aylanishining  qanchalik 

muvofiqligiga 

bog’liq. 

Shu 


munosabat 

bilan 


miya 

qon 


aylanishi 

etishmovchiligini  karotid,  vertebrobazillyar  va  birga  uchraydigan  karotid-

bazillyar  tipi  bo’yicha  farq  qilish  zarur.  Nevrologik  simptomatikaning  o’zi  esa 

intermitirlaydigan yoki barqaror, doimiy xarakterda bo’lishi mumkin. 

Bosh  og’rig’i  –  bosimning  magistral  arteriyalari  okklyuziyasi  bo’lgan 

bemorlarda  qayd  qilinadi.  U  taxminan  bemorlarning  80  foizida  bo’ladi.  Og’riq 




 

185 


aksariyat  chakka  soxasida,  ba’zan  boshning  u  yoki  bu  yarmida  yoki  tutash 

bo’ladi. 

Bosh  aylanishi  uchrashi  jixatidan  ikkinchi  nevrologik  simptom, 

bemorlarning kam deganda 35 foizida uchraydi. Bu simptom vestibulyar apparat 

funktsiyasi buzilishi va uning uzunasiga ketgan orqa dastasi sistemasi bo’yicha 

quyida  joylashgan  bo’limlari  bilan  aloqasiga  bog’liq.  Qisqa  muddatga  xushdan 

ketish  hodisasi  kam  deganda  5%  hollarda  uchraydi,  ular,  aftidan,  bosh  miya 

to’rsimon formatsiyasining ishemiyasi bilan bog’liq bo’lsa kerak. 

Giperkinetik va amniostatik sindrom miyacha va o’zak qobiq osti tugunlari 

og’ir va uzoq muddatga ishemiya bo’lgan bemorlarda uchraydi. 

Talvasalar  va  epilepsiyasimon  tutqanoqlar  ahyon-ahyonda  kuzatiladi.  Bu 

holatlarning tabiati  aniqlanmagan. 

Po’stloqqa  taalluqli  ko’rish  qobiliyati  buzilishlari.  Bu  guruxga  bosh  miya 

yarimsharlarida,  asosan  ensa  bo’laklarida  qon  aylanishi  etishmasligi  natijasida 

yuzaga  keladigan  ko’rishning  turli-tuman  buzilishlari  kiradi.  Ko’rishning 

bunday buzilishlari 17% ni tashkil etadi. 

Harakat  buzilishlari  –  kasallikning  eng  ravshan  va  og’ir  belgilaridan 

xisoblanadi.  Nevrologik buzilishlar  bu  formasining umumiy  protsenti 13,3%  ni 

tashkil etadi (A.V. Pokrovskiy bo’yicha). Nutq buzilishlari bemorlarning deyarli 

11  foizida  uchraydi.  Ular  ishemik  uchoqda  joylashuvi  bo’yicha  turli-tuman 

ko’rinishga ega bo’ladi. 

Nistagm  –  birmuncha  ko’p  uchraydigan  nevrologik  simptomlardan  biri 

xisoblanadi. Vertebro-bazillyar sistemasida qon oqimi buzilgan bemorlardagina 

kuzatiladi.  Ko’z  harakatining  buzilishlari  nistagm  singari  uchraydi.  Unda  ko’z 

soqqalari  harakati  o’zgaradi,  konvergentsiya  va  akkomodatsiya  reaktsiyalari 

buziladi. 

Miyachadan  bo’ladigan  simptomlar  –  asinergiya,  dizmetriya,  mushaklar 

distoniyasi  bemorlarning  taxminan  8  foizida  uchraydi  (B.V.  Petrovskiy 

muallifdoshlari  bilan).  Yutish  va  fonatsiyaning  buzilishlari  (disfagiya, 



 

186 


dizartriya)  6-7%  xollarda  kuzatiladi.  Sezuvchanlikning  buzilishlari  parez 

bo’lgan tomonda bemorlarning 15 foizida kuzatiladi. 

Vegetativ  buzilishlar  –  ko’ngil  aynishi,  qayt  qilish,  rangparlik, 

bradikardiya, ter ajralishining buzilishi kamroq uchraydi. 

Aorta  ravog’i  tarmoqlari  okklyuziyasida  oftalmologik  simptomatika  butun 

ko’ruv analizatorining ishemiyasidan vujudga keladi. Bunda kuyidagi usullardan 

foydalaniladi: 

Periferik  ko’ruv  retseptori  holatini  o’rganish  –  oftalmoskopiya  –  ko’ruv 

nervi o’tkirligini tekshirish quyidagi testlar bo’yicha o’tkaziladi: 

- ko’rish o’tkirligi; 

- perimetriya (ko’ruv maydonini aniqlash); 

- rangli perimetriya; 

- yorug’lik sezuvchanlikni aniqlash; 

- to’r parda markaziy arteriyasini bosish; 

- oftalmotonus va ko’z ichidagi suyukliq almashinuvi. 

Otonevrologik tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

- LOR organlarini ko’zdan kechirish; 

- eshituv, vestibulyar, ta’m bilish, hid bilish funktsiyasini aniqlash; 

- maxsus usullar (audiometriya); 

- maxsus sinamalar (kalorik sinama, miyachaga taalluqli ayrim sinamalar). 

Otonevrologik simptomatika LOR organlari va ularning funktsiyalari ta’m, 

hid bilish, otokinetik retseptsiya) holatini aks ettirib, boshning xronik ishemiyasi 

sharoitlarida  va  aorta  ravog’i  tarmoqlari  okklyuzion  zararlanishining  umumiy 

semiotikasida muhim o’rin egallaydi. 

Braxiotsefal  tarmoqlari  zararlangan  bemorlarni  tekshirish  vaqtida  boshqa 

tomir  xavzalarining  birgalikda  zararlanish  simptomlariga  (toj  arteriyalar,  qorin 

aortasining vistseral tarmoqlari, oyoq, arteriyalari) ahamiyat berish zarur. 

Tekshirishning  rentgen  kontrast  usullari.  Hozirgi  vaqtda  braxiotsefal 

arteriyalarni rentgen kontrast tekshirishning quyidagi usullari qo’llanadi: 



 

187 


1.  Kateterizatsion  ko’krak  aortografiyasi.  Aortaning  hamma  bo’limlari, 

jumladan  uning  ravog’ini  ham  kateterlash  1953  yilda  shved  olimi  Seldinger 

taklif qilgan metodika bo’yicha hozir hamma joyda amalga oshirilayapti. 

2. Selektiv aortoarteriografiya. Aorta ravog’ida kateter borligi uni aortaning 

tarmoqlaridan  biri  og’ziga  kiritib,  so’ngra  uni  kontrastlash,  ya’ni  selektiv 

arteriografiya  qilishga  imkon  beradi.  Shunday  bo’lishiga  qaramay,  selektiv 

aortoarteriografiya  uchun  ko’rsatmalar  chegaralangan  va  quyidagi  hollardagina 

o’tkazilishi mumkin (41-rasm): 

 

 

 



41-rasm. Uyqu arteriyalari stenozi va o’mrov arteriyalari okklyuziyasi. 

 

- braxiotsefal arteriyalarning arterio-venoz anevrizmasida; 



-  bosh  magistral  arteriyalari  intrakranial  bo’limlarining  zararlanganiga 

shubxa  qilinganda,  bu  uning  oxirgi  tarmoqlarini  ham  ko’zdan  kechirishni  talab 

etadi. 

Tekshirishning supraaortal usullari: 

-  karotid  arteriografiya  odatda  uyqu  arteriyasida  okklyuziya  borligiga 

shubxa  qilinganda  qo’llaniladi,  asosan  uning  kalla  suyagi  ichi  tarmoqlarini 

aniqlash maksad kilib olinadi; 



 

188 


-  o’mrov  osti  arteriografiyasi  o’mrov  osti  va  umurtqa  arteriyasini,  o’ng 

tomondan  qo’llanilganda  ko’shimcha  ravishda  uyqu  arteriyasini  kontrastlash 

imkonini beradi; 

-  qo’ltik  arteriografiyasi  so’nggi  vaqtlarda  o’mrov  osti  arteriografiyasini 

siqib  chiqara  boshladi,  chunki  qo’ltik  arteriyasini  punktsiya  qilish  texnikasi 

oson,  shuningdek  arteriyaga  Seldinger  metodikasi  bo’yicha  kateter  kiritish 

imkoniyati yaxshidir. 

Rentgen  kontrast  tekshirishdan  keyingina  braxiotsefal  tomirlarning  klinik 

zararlanishlarini  aniqlash  va  xirurgik  taktika  to’g’risidagi  masalani  hal  qilish 

mumkinligini qayd qilib o’tmok darkor. 




Yüklə 10,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   363




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin