179
- aterosklerotik;
- zaxmli;
- qatlamlanadigan anevrizmalar.
3. Aorta ravog’i tarmoqlarining rivojlanish nuqsonlari:
- arteriyalarning patologik egri-bugriligi, og’izning surilish nuqsonlari;
- arteriyalarning patologik egri-bugriligi, qovuzloqlar hosil qilish va
angulyatsiyasi;
- aorta ravog’i tarmoklari nuqsonlari.
4. Arteriyalar kompressiyasining ekstravazal omillari. Ateroskleroz ishemik
sindromning eng ko’p sababchisi hisoblanadi, bemorlarning taxminan 2/3
qismida aterosklerotik kelib chiqadigan braxiotsefal arteriyalarning zararlanishi
bo’ladi. Erkaklar ayollarga nisbatan 4 baravar ko’proq zararlanadi.
Aterosklerozning muhim xususiyati shundaki, bosh miyaning kalla suyagidan
tashqaridagi arteriyalarining zararlanishi intrakranial arteriyalarga qaraganda 5
marta ko’proq uchraydi.
Uyqu arteriyasi bifurkatsiyasi va ichki uyqu arteriyasining boshlang’ich
segmenti aterosklerotik pilakcha rivojlanadigan joy hisoblanadi. Ikkala uyqu
arteriyasi bir xilda ko’p zararlanadi. Aksariyat patologik jarayonga o’mrov osti
arteriyalari ham qo’shiladi, bunda chap arteriyasi o’ng arteriyasiga nisbatan 3
baravar ko’proq zararlanadi. Ko’pincha bemorlarda aorta ravog’i tarmoqlarining
ko’p sonli zararlanishlari aniqlanadi.
Nospetsifik aorto-arteriit braxiotsefal tomirlar zararlanishining sabablari
orasida ikkinchi o’rinda turadi. Aorto-arteriit uchun stenozlangan qismning
birmuncha uzunligi xos. Aorto-arteriitning taxminan 75% hillarida aorta ravog’i
tarmoqlarining ko’p sonli zararlanishlari kuzatiladi. Bu kasallik bilan aksariyat
30-40 yoshdagi odamlar, ko’proq ayollar (4:1) kasallanadilar.
Braxiotsefal tomirlarning normal o’tkazuvchanligini buzadigan uchinchi
sabab – ekstravazal kompressiya hisoblanadi. Umurtqa arteriyasi og’zi
surilganda, buralganda yoki oldingi zinapoyasimon muskul bilan bosilganda
(umurtqa arteriyasi anomal chiqqanda) umurtqa arteriyasi bo’ylab qon oqimi
180
kamayishi mumkin. Umurtqa arteriyalarining suyak kanalida stenozlanishi
bo’yin osteoxondrozi rivojlanganda, osteofitlar, o’smalar tomonidan bosilganda
ro’y berishi mumkin.
Braxiotsefal arteriyalarning patologik egri-bugriligi arteriyaning uzayishi
va keskin diviatsiyasi, shu joylarda buralish va o’tkazuvchanlik buzilishi sodir
bo’lishi bilan ta’riflanadi. Qon oqimi izdan chiqishiga olib keladigan boshqa
kasalliklar orasida kamdan-kam uchraydigan zaxm arteriitini qayd qilib o’tish
kerak. Miya qon aylanishining buzilishlari yuqori arterial gipertenziya fonida
rivojlana oladigan ichki uyqu arteriyasi anevrizmasiga bog’liq bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: