rag’batlantirish uslubi yordamida xozirgi kunda mavjud bo’lgan ko’pgina
muammolarni hal kilishi mumkin. Angiogenez asoslari 70 yillarda AQSh da
J.Folkman tomonidan o’rganilgan. U o’smalar o’sishi va metastazlanishiga
angiogenez ta’sirini o’rganib 1984 yilda oksil tabiatli angiogen, ya’ni qon
210
1994 yili J.Isner (AKSh) tomonidan tomirlar endoteliysini o’stiruvchi
omilning modelli kritik ishemiyali xayvonlarda kollateral qon aylanishi
shakllanishiga ijobiy ta’sirini namoyish etgan. 1996 yilda esa shu omilni
sintezini kodlovchi genni OSKI bor bemorlarni davolashda qo’lladi. Birinchi
ma’lumotlar kutilgandan ortiq chiqdi: tinchlikdagi og’riqlar yo’qoldi, trofik
yaralar bitdi, neoangiogenez va to’qimalar perfuziyasi oshganligi (LPI oshishi,
kapilyarlar va mayda tomirlar soni oshishi) ob’ektiv tasdiqlandi. V.V.
Davydenko (2001) tomonidan kalamushlar ustidagi tajribalarda ishemiyaga
uchragan to’qimalarda angiogen o’stiruvchi omillar (AUO) ta’sirida tomirlarni
ko’payishini o’rgandi. Tajribalar natijalari ishemiyaga duchor bo’lgan
to’qimalarni gistologik tekshiruvga asoslanib baholandi va bevosita ishemiya
sohasiga tizimli ravishda kiritilganda, o’rganilayotgan dori-vosita angiogen
aktivlikka ega degan xulosaga keldi. B.A. Konstantinov va muallifdoshlar
(2003)
RTFA
xirurgiya
ilmiy
markazida
to’qimalarga
kiritilganda
neoangiogenezni
aktivlashtiruvchi
original
angiogenli
gen-muxandislik
konstruktsiyasini yaratdi. Bu konstruktsiyaning aktivligini sut emizuvchilardagi
OSKI modelida eksperimental o’rganildi. Bu soha yuqori natijali bo’lib, hozirda
rivojlantirilmoqda.