qilinadi. Yuzaki venalar katta va kichik teri osti venalaridan iborat. Katta teri
osti venasi oyoq panjasining medial chekka venasidan boshlanib, boldir va
sonning medial yuzasi bo’ylab ko’tarilib, oval teshik orqali son venasiga
quyiladi. Katta teri osti venasining son venasiga quyilish joyida uning bir necha
tarmoqlari (v. pubenda externa, v. epigastrica superficialis, v. circumflexa ileum
hisoblanadi va taqim osti sohasida taqim osti venasiga quyiladi. Katta va kichik
212
Oyoqlarning chuqur venalari shu nomdagi arteriyalar bilan birga o’tadigan
juft venalardan tashkil topgan bo’lib, oldingi va orqa katta boldir venalari
qo’shilgach, taqim osti venasini hosil qiladi. Taqim osti venasi son venasiga
davom etib, pupart boylami sathida tashqi yonbosh venaga o’tadi, u esa ichki
yonbosh venasi bilan qo’shilib umumiy yonbosh venasini hosil kiladi. Yuzaki va
chuqur venalar orasidagi aloqani komunikant venalar amalga oshiradi.
Venoz klapanlar odatda qonning yuzaki va chuqur venalari bo’ylab
retrograd (ortga, teskari) oqishiga, komunikant venalarda esa, chuqur venalardan
yuzaki venalarga retrograd oqishiga to’sqinlik qiladi.
Venoz qon oqimi quyidagi omillarga ko’ra amalga oshiriladi:
1. Qon kapillyarlar orqali o’tgandan keyingi “qoldiq bosim”.
2. Boldir va sonning “mushak-venoz nasosi” ishi (“venoz yurak” deb
ham ataladi).
3. Yondosh yotgan arteriyalar pulsatsiyasi.
4. Diastola vaqtida yurakning so’rib oladigan ta’siri.
5. Nafas olish vaqtida ko’krak qafasidagi manfiy bosim.
48-rasm. Boldir “mushak-venoz nasosi” ning me’yordagi sxemasi.
Odatda oyoqlar va qo’llardan qonning 80-90% gacha qismi chuqur venalar
bo’ylab oqib o’tadi.