Oyoq venalarining varikoz kasalligi
Oyoq venalarining varikoz kasalligi (varicus venus cruris) – deganda ular
devorining qopsimon kengayishi, teri osti venalari uzunligining oshishi va
ilonsimon egri-bugri bo’lib qolishi tushuniladi. Bu kasallikda zararlangan
oyoqda venoz qon aylanishining buzilishi va trofik o’zgarishlar kuzatiladi.
Ushbu xastalik yuzaki venalarning butun uzunligida joylashuvi mumkin, chuqur
venalarning zararlanishi mumkinligi ham aniqlangan.
Oyoq venalarining varikoz kengayishi aholining 17-37% da kuzatiladi.
Shifoxonalarda u xirurgik bemorlarning umumiy soniga nisbatan 2,0-3,3% ni
tashkil etadi. Ayollar erkaklarga qaraganda 3 marta ko’proq kasallanadilar. V.S.
Savelev va E.P. Dumpe (1970) aholining 15-20% vena kasalliklari bo’yicha
operatsiya usulida davolanishga muhtoj deb hisoblaydilar.
Dostları ilə paylaş: |